IBN AL-ARABIY ABU BAKR MUHAMMAD

IBN AL-ARABIY ABU BAKR MUHAMMAD (taxallusi; Shayx al-Akbar «Buyuk Shayx») (1165.7.8, Mursiya, Ispaniya — 1240.16.11, Damashq) — Arab mutafakkiri va shoiri, sufiylikning ko’zga ko’ringan namoyandasi. Falsafiy dunyoqarashiga Vaxdat ul-vujud ta’limoti xos bo’lib, hamma narsaning Yagona asosi ilohiy substantsiya (ruh, ideya) dir, deb hisoblaydi. Sufiy sifatida Allohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga ko’ngilni poklash orqali erishishni tan olgan. Uning «al-Futuhot al-Makkiyya» («Makka g’alabalari»), «Fusus Alhikam» («Hikmatlar durdonasi»), «kitob as-sab’a» («yetti hikmat kitobi»), «Mafotih al-g’ayb» («g’ayb kalitlari»), «kitob alhaq» («haqiqat kitobi») kabi 400 ga yaqin asari bor.