IBN AL-ASIR IZZUDDIN ABULHASAN ALI
IBN AL-ASIR IZZUDDIN ABULHASAN ALI (1160, Jazirat ibn Umar, Suriya — 1234, Mosul) — Arab tarixchisi. Iroqning Mosul va Bag’dod shaharlari madrasalarida tahsil ko’rgan, so’ng ilm talabida Shom (Suriya) ga safar qilgan. U yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda tarixga doir asarlar yozish bilan o’tkazgan. Eng yirik va muhim asari — «Alkomil Fit- ta’rix» (Tarix bo’yicha mukammal asar») bo’lib, u 12 jilddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 yilgacha bo’lgan voqealar, xususan, Huroson va Movarounnahrning 12-asr va 13-asrning 1-choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Asarning mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan so’nggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy mat ni Leyden (1851-76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy uni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ibn al-Asir «Tarix atabikat al-Mavsil» («Mosul Otabeklari tarixi»), «USD ulg’oba fiy ma’rifat ahvol is-sahoba» («sahobalar ahvolini bilish xususidagi o’rmon sherlari yanglig’ qudratli kitob») nomli asarlar ham yaratgan.