IBN AL-MU’TAZZ
IBN AL-MU’TAZZ, Abulabbos Abdulloh ibn Muhammad (861.1.11 — Bag’dod — 908.19.2) — Arab shoiri, tilshunos. Abbosiy xalifalardan al-Mu’tazz ibn Mutavakkilning o’gli. Ibn al-Mu’tazz o’zining lirikasi bilan Arab she’riyatini rivojlantiradi, adabiyotga oid risolalar yozadi. U al-Mu’tazid xalifaligiga bag’ishlab masnaviy uslubida asar yozgan. «Kitob ul-adab» («Xushfe’llik haqida kitob», «Fusul ut-tamosil Fi taboshir is-surur» («Shodlik tongini muqoyasa qilish darajalari») kabi asarlari Arab adabiyoti tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. «Kitob ul-badi'» («Yangi uslub haqida kitob») asari yaqin Sharqda she’riyat haqidagi fanga asos bo’ldi.