IBROHIMOV TO’LQIN YO’LCHIBOEVICH

IBROHIMOV TO’LQIN YO’LCHIBOEVICH (1952.04.6, Toshkent viloyati Chirchiq shahri) — ilg’or transport xodimi, O’zbekiston Qahramoni (2005). Mehnat faoliyatini 1973 yildan Tashkent teplovoz deposida mashinist yordamchisi sifatida boshlagan. Tashkent teplovoz depozit teplovoz mashinisti yordamchisi (1973— 75), mashinisti (1977-88), 1988 yildan «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyasining «O’zbekiston» Lokomotiv deposida 1-klass teplovoz mashinisti. Ibrohimov mehnat faoliyati davomida teplovozlarning joriy ta’mir davrini uzaytirish, yoqilg’ini tejash, harakat xavfsizligini ta’minlash, yuk tashish topshiriqlarini benuqson oshirib bajarishda muhim yutuqlarga erishdi.