IHOTA EKINLARI
IHOTA EKINLARI, himoya ekinlari — turli dala ekinlari orasiga maxsus ekilgan ekin qatorlari. Ular, asosan, muayyan sharoitlarda o’stiriladigan ekinlar (g’o’za, bug’doy, no’xat, kartoshka, karam, pomidor va boshqalar)ni shamoldan muhofaza qilish, tuproqni shamol eroziyasidan saqlash, shuningdek, tuproqda qishki-bahorgi yog’inlar hisobiga ko’proq nam to’plash maqsadlarida ekiladi.