IKKIYOQLAMA (QO’SHALOQ) YOZUV

IKKIYOQLAMA (QO’SHALOQ) YOZUV — buxgalteriya hisobida schyotlar tuzishning asosiy qoidasi bo’lib, bunda korxonaning har bir xo’jalik operatsiyasi muayyan vaqtda va o’zaro aloqador holda bir xil pul miqdorida birdaniga ikkita schyotda: birinchisining debet va ikkinchisining kredit qismida aks ettiriladi.