Insonparvarlik

Insonparvarlik — inson- ning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi to’g’risida, insoniy- likning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida g’amxo’rlik qilishni ifo- dalovchi tushuncha. Unga ko’ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, bu-tun mavjudot, borliq insonga, uning baxt- saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat ki- shilari haqida g’amxo’rlik I.ning asosiy masalasidir. I. g’oyalari uzoqtarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzula- ri tarzida qadimdan xalq og’zaki ijodi- da, adabiyotda, diniy va falsafiy ta’li- motlarda o’z aksini topib kelmoqda. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafak- kurida I. g’oyalari azaldan keng tarqalgan bo’lib, uning ko’p ming yillik tarixi b-n chambarchas bog’liq. O’rta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida I., inson erkinligi, uning qadr-qimmati g’oyalari olg’a surildi. Fo- Robiy insonlarning inoq va do’st yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tin-chlikni qat’iy quvvatlab, butun fao- liyatini inson xizmatiga qaratgan. Navo- iy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mam- lakat haqida g’amxo’rlikni asosiy masala qilib qo’ygan. Dunyoda eng qimmatli nar- sa insondir, degan fikrni olg’a surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumla- dan Islom dinida ham I. g’oyalari o’z ifo- dasini topgan. Unda faqir, kambag’al, musofir, muhtoj kishilarga yordam be- rishga, saho-vatli va insofli bo’lishga da’vat qilinadi. I. yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Evropada Uyg’onish davrida shakllangan. I. goyalari Evropada o’rta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni Xudo va din nomidan haqoratlab Ink- vizisiya gulxaniga tash-lagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qo’llab- quvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon bo’ldi (q. Gumanizm). I. keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, san’at va b. sohalarda 14-17-a.larda Italiyada, keyinchalik esa Evropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi. Keyingi asrlar davomida I. goyala- ri gumanizm nomi b-n rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-a. boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-a.ning o’rtalarigacha jamiyatdagi adolatsiz- likni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. 2-jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub o’zgarishlar yuz berib, haqiqiy I. tomon jiddiy qadamlar qo’yildi. Buni BMT, YUNE- SKO kabi xalqaro, mintaqaviy va dav- latlararo tashkilotlar deklarasiya va hujjatlarida ko’rish mumkin. I. har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda. O’zbekiston o’z siyosatini I. shart- lari, talablari, qoidalariga, Sharq va G’arb davlatlarining eng ilg’or tajriba- lariga tayanib olib bormoqda.