Investisiya

Investisiya (lot. investio — o’rash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki chet el- larda turli tarmoklarga, ijtimoiy- iqtisodiy dasturlarga, innovasiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, mud- datli kapital kiritish (qo’yish). Pul- ning vaqt (zamon)ga bog’liq qiymati na- zariyasiga ko’ra, I. kelajakda naf olish maqsadida mablag’lar qo’yishdir. I. ka- pitalni muayyan muddatga bog’lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan aso- siy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki bo’lmasa kapital qiymatini vaqtda o’stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlar- ga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo’lgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligasiya, sertifikat, veksel), er, bino, inshoot kabi boyli- klar, intellektual mulk bo’lgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatila- Di. I. loyihalariga mablag’qo’yuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, kor- xona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. bo’lishi mumkin. Uning quyidagi turlari mavjud: dav- lat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomoni- dan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fukarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi. I. qo’yilish sha- Kliga qarab moliyaviy (portfel) va Real (ishlab chiqarish) I.ga bo’linadi. Moli- yaviy (portfel) I. — aktsiya, obligasiya va b. qimmatli qog’ozlarni sotib olishga qo’yiladigan I., ; Real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablag’lar qo’yish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasi- da I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aktsiyadorlashtirish va aktsiyalarni joy- lashtirish, byudjet mablag’lari, bank kre- ditlari, lizing, bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizasiya va xo’jalik yuri- tish sub’ektlarining boshqa mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investision hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning Real, moliyaviy, intellektual (lisenzi- yalar, nou-xauni berish, hamkorlikda ba- jariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablag’sarflash) ko’rinishlari bor. Investision hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosi- ta I. faol o’sib bormoqda: 1980-y.lar o’rtalarida jahon bo’yicha umumiy yil- lik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tash-kil qilgan bo’lsa, 1990-y.lar o’rtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi. O’zbekiston Respublikasida bo- zor iqtisodiyotiga o’tish davrida re- spublika iqtisodiyotida tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. O’zRda 1996 y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari hisobidan kapital qo’yilmalar limitlari, chet el investisiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevo- Sita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat bo’lgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respu- blika iktisodiyo-tiga I. kiritishda dav- lat byudjeti mablag’lari, chet el investi- tsiyalari, korxonalarning o’z mablag’lari va aholi jamg’armalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qog’ozlarga jamoaviy I.ni amalga oshi- radigan xususiylashtirish I. fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmog’i rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. so’m, shu jumladan, 810 mln. AQSh dollari investisiyalandi. Uning 30,3% ni re- spublika byudjeti, 39,1% ni korxona- lar va aholi mablag’lari, 7,5% ni ban- klar kreditlari va b. qarz mablag’lar, 21,7% ini chet el investisiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda «chet el investisiya- lari va chet ellik investorlar faoliyati- ning kafolatlari to’g’risida» (1995 y. 5 may), «investisiya faoliyati to’g’risida» (1998 y. 12 dek.), «Chet ellik investor- lar huquklarining kafolatlari va ular- ni himoya qilish choralari to’g’risida» (1998 y. 30 apr.), «Chet el investisiyala- ri to’g’risida» (1998 y. 30 apr.), «Lizing to’g’risida» (1999 y. 14 apr.), «Qimmatli qog’ozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish to’g’risida» (2001 y. 30 avg.) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Investisiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investisiya muhiti b-n bog’liq bo’lgan ko’pdan-ko’p xatar- larga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini Su-g’urta qilish muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda xo- rijiy I.larni sug’urtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompa- niyasi faoliyat olib boradi. Dilshod G’ozibekov.