Involyutsiya

Involyutsiya (lotincha involutio — egiklik, bukiklik, o’rama) — 1) biologiya da — evolyutsiya jarayonida o’z ahamiyatini yo’qotgan ayrim organlarning qisman yoki to’liq reduktsiyaga uchrashi (kichrayib ketishi, yo’qolishi). Involyutsiya organlarning soddalashuvi bilan ular morfo-fiziologik funktsiyalarining sekinlashuvi orqali sodir bo’ladi. Muayyan sabablarga ko’ra hajmi kattalashgan organlarning (masalan, bachadonning tug’ishdan keyin) o’z holatiga qaytishi; yoshga qarab organizmlar to’qima va organlarining yo’qolib ketishi; mikroblar, bir hujayrali hayvonlar noqulay sharoit ta’sirida g’ayritabiiy shaklga kirganida ularning qayta tiklanishi, degenerasiyaen hamda gastrulyatsiya jarayonida invaginatsiya tufayli hujayralarning ichkariga botib kirishi ham Involyutsiya deyiladi; 2) matematikada — tekislik (fazo)ni almashtirish takrorlanganda Ayniy almashtirish beradigan almashtirish; masalan, inversiya, Markaziy yoki o’qaviy simmetriya Involyutsiya hisoblanadi.