Immunologiya

Immunologiya (immunitet va … logiya) — tibbiy-biologik fan; or- ganizmning genetik jihatdan unga yot bo’lgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar ta’- siriga nisbatan o’ziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaktsi- yalari. Immunitetning umumbi-ologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, to’qimalar antigenlari- ning nasldannaslga o’ti-shini, antitelo- lar va antigenlarning kimyoviy tuzili- shi hamda xossalarini, ularning o’zaro ta’siri qonuniyatlarini, immunologic kasalliklarning oldini olish va davo- lash usullarini o’rganadi. Hujayra va molekula doirasida antitelolar hosil bo’lish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun sistemaning filoge-nezi va ontogenezini o’rganish — I. ning nazariy yo’nalishlaridir. E. Jenner odamga sigir chechagini emlab, odamni chin chechakdan saqlash usu- lini ishlab chikdi (1769). L. Pas-ter to- vuklarni vaboning eski kulturasi b-n immunlab, ularni yuqori virulently mikrobga chidamli qilish mumkinligi- ni aniqladi (1880). Bu kashfiyotlar I. ning mustaqil fan sifatida shakllani- shiga asos bo’ldi. I. I. Mechnikov fago- tsitozni kashf etdi (1887) va immunitet- ning hujayra (FA-gositar) nazariyasini ishlab chikdi. Organizmga kiritilgan mikroblarga javoban antitelolar ish- lanishi nemis bakteriologi E. Bering va hamkorlari tomonidan aniqlandi (1890). Nemis olimi P. Erlix immunitet- ning gumoral nazariyasini ilgari surdi (1898, 1900). Organizmga begona eritro- tsitlar va zardob oqsillari kiritil- ganda ham antitelolar hosil bo’lishini belgi-yalik olim J. Borde b-n rus oli- mi N. N. Chistovich anikdadi (1898-99). Bu kashfiyot odamning kon guruxlarini kashf etdi (1900) va to’qima izoantigen- lari haqidagi ta’limotga asos soldi. I. kimyo, genetika, fiziologiya, radiobio- logiya va biol. hamda tibbiyotning boshqa tarmoqlari b-n uzviy boglangan holda tez rivojlandi. Hoz. I. ning quyidagi yo’nalishlari bor. Immunomorfologiya — organism immun sistemasining anatomiyasi, gi- stologiyasi va tsitologiyasini o’rganadi; bunda gistologik va tsitologik tekshi- rish, hujayrani organizmdan tashqarida o’stirish; yorug’lik, flu-oressent va elek- tron mikroskopiya, avtoradiografiya va b. usullardan foydalaniladi. Organizm o’z to’qimalari uchun nor- mal bo’lmagan komponentlar, ya’ni yot moddalarni, mas, nobud bo’lgan va ay- nigan hujayralar, shikastlangan mo- lekulalar, yot hujayralar, bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar, gel- mintlar, ularning zaharlari va b. ni im- Mun reaktsiyalar mexanizmlari yordamida zararsizlantiradi, ularni organizmdan chiqarib yuboradi. Immun reaktsiyalar- ning mikdor tasnifini tartibga solib turadigan omillar, chunonchi nerv si- stemasi (asosan, gepotalamus), gormon- lar, ovqatlanish, organizmning holati (jumladan, charchash darajasi) va tashqi ta’sirotlarni immun reaktsiyalar fizio- logi yasi o’rganadi. Hoz. faqat gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari im- Mun reaktivlikni o’zgartirib qolmay, plasenta ham ona organizmining homila antigeniga nisbatan immun reaktsiyasini ma’lum darajada tor-mozlay oladigan alohida gormon chiqarishi aniqlangan. Immunopatologiya — organizmga shi- kaet etkazadigan immun reaktsiyalarni- gina emas, balki immun siste-masining o’zgarishi b-n davom etadigan kasalli- klarni ham o’rganadi. Bunda immun re- aktsiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga qam alohida e’tibor beri- ladi. So’nggi yillarda organizmning nos- Pesifik ta’sirlarga nisbatan biror turdagi hujayralar va mikromole- ku-lalarga ko’satadigan reaktsiyasi ham o’rganilmoqda. Bu soha noinfektsi-on I. deb ataladi. Ko’p hujayrali har bir organizmdagi oqsillar va hujay- ra membranalari o’ziga xos tuzilgan. Tashqaridan kiritilgan qujayra va mo- lekulalar organizm uchun begona bulib, organizmda ularni chiqarib yuborishga qaratilgan immun reaktsiyalar ruy be- radi. Shuning uchun kuchirib o’tkazilgan organ va to’qimalarni, eng takomillash- gan jarrohlik texni-kasi mavjudligi- ga qaramay, organizm qabul qilmaydi, chunki organ va to’qimalar organizmga immunologik jihatdan to’g’ri kelmaydi (to’qimalarning bir-biriga nomutanosi- bligi, mos bulmasligi). Transplantasi- on I. ana shu to’siqning kelib chiqish me- xanizmlari va uni engish masalalarini o’rganadi. Noinfektsion I. ningusmalar I. si bo’limi esa o’sma antigenlarini aniqlab, xavfli o’smaga aylanib ketgan hujayralarni olib tashlash usullarini o’rganadi. Klinik I. — kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olish va davolash maqsadida immunologik re-aktsiyalardan foydalanish b-n shug’ullanadi. Hyp ta’- sirida organizm immun reaktivligi- ning buzilishini o’rganadigan radiasi- on I., qon hujayralarining antigen tar- kibi, kon siste-masining immunologic zararlanish sabablari va rivojlanish mexanizmini tekshiradigan immunoge- matologiya ham rivojlanmoqda. I. immunoprofilaktika, immunote- rapiya va immunodiagnostika metodla- rini ishlab chiqadi. Tibbiyotning Gema- tologiya, infektologiya, akusherlik, der- matologiya va h. k. sohalari hamda biol. ning biokimyo, embriologiya, genetika va antropologiya kabi sohalarida nozik tahlil (analiz)lar o’tkazishda antigen (mikrob, virus, yot oq-sil moddalar va b.) b-n antitelolarning uzaro ta’siri juda spesifik bo’lishiga asoslangan immunologik tekshirish metodlari keng qo’llaniladi. O’zbekistonda I. ning rivojlani- shi akad. O’. Oripov nomi b-n bog’liq. O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi- ga qarashli Immunologiya i.t. in-ti, 1 – va 2 — Toshkent tibbiyot in-tlari, Samarkand tibbiyot in-ti, Toshkent pediatriya tib- biyot in-ti, ftiziatriya va pulmonolo- giya, Onkologiya, dermatovenerologiya i. t. in-tlaridagi I. lab. larida I. ning turli sohalarida i. t. ishlari olib bo- riladi. Olimlardan R. M. Xayi-tov, N. H. Abdullaev, O. M. Najmiddinov, F. F. Garib, A. O. Obidov va b. ning I. sohasidagi xizmatlari salmoqli. Nusrat Abdullaev.