ISHLAB CHIQARISHNI INTENSIVLASH

ISHLAB CHIQARISHNI INTENSIVLASH — texnika, moddiy va mehnat resurelari potentsialining har bir bir- ligidan yanada to’liqroq foydalanish yo’li b-n i.ch. jadalligini oshirish. Za- monaviy texnika va texnologiyani joriy etish, i.ch. jarayonini mexanizasiyalashti- rish, avtomatlashtirish, kompyuterlash- tirish, mehnat resurelaridan rasional foydalanish orqali barcha jabhalarda yuqori ko’rsat-kichga erishishga asosla- nadi. Intensiv o’sish ekstensiv o’sishdan mavjud i.ch. kuvvatlari, texnik, moddiy resurelarni samarali ishlatish b-n farq qiladi. I.ch.i. darajasi asosiy fondlarning 1000 so’mlik qiymatiga qancha mahsulot i.ch., bir xodim (ishchi) ga to’g’ri keladigan muayyan davr (oy, cho- rak, yil) mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (unumdorlik), bir kVA- drat metr i.ch. maydoniga to’g’ri keladi- gan mahsulot hajmi va b. ko’rsat-kichlar b-n baholanadi. I.ch.i. ning asosiy man- balari ilmiy-texnika taraq-qiyoti, i.ch. va mehnatni uyushtirishni takomillash- tirish, boshqarishning yangi usullarini qo’llashdir. I.ch.i. xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga xos. Sanoatda I.ch.i xom ashyo va yoqilg’i, moddiy resurelar- ning yangi turlarini kiritish, yuqori sa- marador komp-leks-mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan zamonaviy tex- nologiyalarni joriy etish, i.ch. jarayo- nini tezlashtirish, yoqilg’i va energeti- ka, material, xom ashyo, maydon, asbob- uskunalardan foydalanishni yaxshilash, kooperasiyalash va ixtisoslashtirish asosida ishlab chikarishni ilmiy tash- kil etish hisobiga amalga oshiriladi. Qurilishda I.ch.i. bino va insho-otlarni sanoatda tayyorlangan qismlardan mon- taj qilish jarayonini kompleks mexa- nizasiyalashtirish, yuqori unumli tex- nikalarni qo’llash, qurilish muddatini qisqartirib, uning sifatini oshirish va b. da ko’rinadi. Qishloq xo’jaligida I.ch.i. mexanizasiya, meliorasiya, kimyo- lashtirish, elektrlashtirish asosida dehq-onchilik madaniyatini oshirishdan, tuproq unumdorligini oshirish, bio- logiya va Agronomiya fanlarining eng muhim yangi yutuklarini, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Sanoatda I.ch.i. darajasi keyingi davrda mehnat unumdorligining, aso- siy i.ch. fondlari qiymatining o’si-shi, mahsulot umumiy hajmining op-tishi, yoqilg’i sarfi solishtirma xis-sasining pasayishi, metall eritish pechlarining 1m2 hisobiga o’rtacha sut-ka davomida eritilgan po’lat mikdo-rining oshishi va b. ko’rsatkichlar b-n tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida I.ch.i. raqobat kurashida engib chiqishning muhim omillaridan biri. Mamlakatlar iqtisodiyotining rivo- Ji ham ekstensiv va ham intensiv omil- lardan foydalanish yo’li b-n boradi. Sadir Salimov.