Ish haqi minimumi

Ish haqi minimumi, eng kam ish haqi — mulkchilik shakllari- dan qat’i nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga to’lanadigan Haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam mikdori. Oylik I.q. stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. O’zining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga ko’ra, I.h.m. insonning munosib turmush da- rajasining eng kuyi chegarasini bel- gilaydi. I.h.m. hayot vositalarining minimal qiymatiga to’g’ri keladi va amaldagi qonunlar bo’yicha ma’lum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak bo’lgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal iste’mol byudjetini qoplashga) etishi lozim. I.h.m. har doim ham tirikchilik minimumiga boglik bo’lmay, muayn davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamla- katning o’z iqtisodiyoti va xususiyatla- rini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. I.h.m. jahon mamlakatlarida xalqaro mehnat tashkilotining kon-ventsiyalari (Mi- nimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish to’g’risidagi 26konventsiya va Mi- nimal ish xaqini rivojlanayotgan mam- lakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash to’g’risidagi 131konventsiya) ta-lablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyasiya jarayonida I.h. m. ni indeksasiyalash hukumatning maxsus qarorlari b-n amalga oshiriladi. Dav- lat soliqlari, to’lovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan un- diriladigan daromad solig’i darajala- rini belgilashda ham I.h.m. baza tarzida foydalaniladi. O’zbekistonda 1992 y.dan boshlab joriy qilingan. I.h.m. 4535 so’m qilib belgilangan (2002, 1 avg.). Qodirjon Yusupov.