«To’maris uyinlari» festivali

«To’maris uyinlari» festivali — O’zbekistonning milliy sport o’yinlari musobaqalaridan biri. 2 y.da bir marta o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mag’kamasining «Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari» davlat dasturi (1999 y. 18 Fev.) asosida tashkil qilingan. Maqsadi — xotinqizlar salomatligini mustahkamlashga yordamlashish bn bir qatorda ular orasidan mahoratli sportchi qizlarni tayyorlashdir. Festivalda xalq milliy harakatli uyinlari «otib qochar», «otishma», «Tortishmachoq», arqonda sakrash, to’p uloqtirish, qul kuchini sinash, «Barchinoy testlari» bo’yicha musobaqalar buladi. Festival nizomiga kura, musobaqa 3 bosqichda o’tkaziladi: 1-bosqich tumanlar miqyosida tashkil qilinadi. Tuman musobaqasi g’oliblari 2bosqichda viloyat musobaqalarida qatnashadilar. Krraqalpog’iston Respublikasi, viloyat va Toshkent sh. musobaqalari g’oliblari 3bosqich — respublika final bahslarida qatnashish huquqini qo’lga kiritadilar. 1″T.o’.»f. Ayollar yiliga bag’ishlanib Jizzax sh.da bo’ldi (1999 y. 11 — 13 noyab.). 2″T.o’.» f. 2001 y. 20-25 okt.da Shahrisabzdagi «Hisor» stadionida hamda q.x. kollejida bo’lib o’tdi. 3″T.o’.»f. Namangan viloyatining Uychi tumanida o’tkazildi (2003 y. 26-29 iyun). To’n, chopon — ustki milliy kiyim; avraastarli, uzun, engli, tik yoqali, oldi ochiq. Bichig’i to’g’ri bichimli bo’ladi. Ichiga paxta solib qaviladigan paxtali T. va paxtasiz (avraastardan iborat yalang qavat) T. xili bor. T. to’g’ri, tik va qiya qaviladi, ba’zan qavilmasdan sirma qilib tikiladi (bunda T.ning qavilgan astari har joy, har joyidan avrasiga chatib qo’yiladi). T. avrasi Baxmal, bekasam, kimxob va b. matolardan tayyorlanadi, astariga chit va satin matolar ishlatiladi. T.ning tik yoqasi juda mayda qaviq choklar bn ishlangani uchun qattiq bo’ladi, yoqa, eng uchlari, etak atroflariga jiyak tikib qoshiyalanadi hamda ulardan popukchalar chiqariladi; etagining ikki yon tomonida o’tiribturganda qulaylik yaratish uchun «yirtmoch» lari bo’ladi. T.ning ichki tomoni (astari)ga gir aylantirib shoyi yoki qora satindan to’rt enlik adip tutiladi. Yalang qavat (avraastarli)T.lar avrasiga zar iplar bn kashta tikib zardo’zi T. tayyorlanadi. T. o’g’il bolaga xatna to’yida, keyinchalik nikoh to’yida kiydirilgan; hozirda ham T. tikish keng yo’lga qo’yilgan. T. kundalik (yoshlar orasida uylik) kiyim sifatida kiyiladi, bundan tashqari to’y bolaga, kuyovga, qudalarga, ulug’kishilarga, aziz meqmonlarga T. kiydirish, azada motam kiyimlari sifatida ham kiyish udumi saqlangan. O’zbekiston hududida T.ning bichimi bir xil, ayrim xususiyatlari (uzunligi, matoning rangi va bezatish usullari) bn bir-biridan farqlanadi, xolos. Toshkent — Farg’ona T.i sipo (ko’k, yashil, sariq, binafsha) rangli matolardan tikiladi, 20-a. boshlaridan qora satin va Seylondan tayyorlangan T. kiyish urf bo’lgan; yoshlar ochiq rangli (sariq, binafsha, yashil, oq, ko’k, pushti, qizil) yo’lli beqasam T. kiygan, bunday T.ni kelin tomon kuyov T. i sifatida kuyovga sovg’a qilib yuborgan; yana kimxobdan tikilgan T. ham nafis, mayda qavib tayyorlanishi bn boshqalardan farq qiladi. 20-a. oxirgi choragidan beqasam T.lar bn bir qatorda chiyduxoba, baxmaldan tayyorlangan T.lar keng tarqaldi. Buxoro T.lari keng va uzun, yorqin rangli, yaltiroq, keng yo’lli va yirik gulli matodan tikiladi; zardo’zi T.lar Amir va uning amaldorlarigagina xos bo’lib, Baxmal, kimxob va b. matolardan faqat Amir saroyida tayyorlangan; hozir barcha viloyatlarda zardo’zi T. tayyorlash keng yo’lga qo’yilgan. Samarqand T.i uzun va o’rtacha kenglikda tikiladi, ularda Buxoro va Toshkent — Farg’ona T.larining ta’siri seziladi. Xorazmning engil T. i (astardesh) o’rta kenglik va uzunlikda, paxtali T.i (do’n) esa qomatga yopishibroq bichimda to’q rangli, ingichka yo’lli matolardan tikiladi; matoga maxsus ishlov beriladi (ya’ni, yaltiroq holga kelguniga qadar kudunglanadi). Tikuv mashinasi paydo bo’lganidan so’ng T.lar mayda mashina chokida ham qavila boshlandi. T. —qad.kiyimturi;bunio’zbekiston hududida saqlangan devoriy rasmlardan, miniatyuralardagi tasvirlardan bilish mumkin. Qadimdan xon va amirlar tomonidan boy va amaldorlarga yaxshi xizmatlari evaziga, mehmonlar, elchilar, xorijiy mehmonlarga T. kiydirilgan, bu odat hoz. kunda ham saqlangan. 18-a. dan T. Rossiya, Xitoy, Eron va b. mamlakatlarga chiqarilgan. 19-a.dan Rossiya bn aloqalarda muhim eksport mahsulotiga aylangan, ayniqsa, Buxoroning zarboft, Sa2 marqandning kimxob T.lari mashhur bo’lgan. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston T.lari xalqaro ko’rgazmalar (Parij, Moskva, Nijniy Novgorod, Peterburg va b.) da namoyish etilgan hamda mukofotlarga sazovor bo’lgan. O’zbekiston T.larining eng yaxshi namunalari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy to’plamlarda saklanadi.