Tug’ruq

Tug’ruq — homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T.dan homila va yo’ldosh tug’ruq yo’llaridan o’tib, ajralib chiqadi. T. normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tug’iladi; bu davrda homila etuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega bo’ladi. Homilador ayollarning ko’pchiligida T. da 2 hafta oldin tug’ruq nishonasi ko’rinadi; bunda bachadon tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga tushadi va ayol engil nafas ola boshlaydi; organizmdan ajralgan suyuklik hisobiga vazni bir qadar engillashadi; bachadon muskullari vaktvaqti bilan qisqarib taranglashadi. Ayolning ko’zi yorishiga 1-2 kun qolganida qindan quyuq cho’ziluvchan shilliq ajraladi, ba’zan shilliq bir oz qon aralash bo’ladi (homiladorlik davomida bachadon bo’yni kanalini to’ldirib turgan shilliq tiqin ajralib chiqadi), qorin pastida, dum/azada, bel sohasida tarqoq og’riq kuzatiladi. T. nishonasidan ayol cho’chimasligi, aksincha T.ning yaqinlashib qolganligini his qilishi lozim. Ana shunday belgilar ko’ringanida ayol uyda bo’lib turgani ma’qul, chunki tez orada to’lg’oq kuchayib, uni zudlik bilan tug’ruqxonaga eltish zarur bo’ladi. Ba’zi ayollarda T. nishonasi boshlanganida qog’onoq suvi ketib qoladi; bunday belgilar paydo bo’lganda ayolni darhol tug’ruqxonaga yotqizish kerak, aks holda qog’onoq suvi bilan birga homilaning kindik halqasi yoki ko’li qinga tushishi mumkin. Bundan tashqari, qog’onoq suvi T. dan oldin ketib qolsa, qin orqali bachadonga infektsiya kirishi osonlashadi. Homilador ayol tug’ishiga yaqin dard tuta boshlaydi (q. Dard tupgishi). Homila o’tadigan tug’ruq yo’li (tug’ruq kanali) — kichik chanoq suyaklari va yumshoq to’qimadan (bachadon bo’yni, bachadon tubi muskullaridan) tashkil topgan bo’lib, shakli egilgan nayga o’xshash. Tug’ruq kanalining kirish qismi qattiq suyak halqadan iborat, eni 13 sm, bo’yi 11 sm. Bu o’lchamlar homila boshining normal o’tishiga Moe bo’ladi; o’lchamlarning bundan kichik bo’lishi (tor chanoq) tug’ruqni mushkullashtiradi. Bunday vaktda operasiya qilib tug’diriladi. T. birinchi marta tug’ayotgan ayollarda 15-24 soat, takror tug’ayotgan ayollarda 10-12 soat davom etishi mumkin. T. ning qancha davom etishi ayolning yoshiga (yoshi kattaroq ayollar birinchi marta tug’ayotganida tug’ruq uzoq davom etadi), homilaning kattakichikligiga, chanoq o’lchamiga, bachadon muskullarining qisqarishiga bog’liq. T. uch davrni o’z ichiga oladi. Birinchi davr uzoqroq (birinchi marta tug’ayotgan ayollarda 13-18 soat, takror tug’ayotganlarda 6-9 soat) davom etadi. Bu davrda bachadon bo’yni astasekin tekislanib, T. kanali kengayadi. Bachadon bo’ynining tashqi teshigi to’la ochilgach qog’onoq (homila pufagi) yoriladi. Ba’zi hollarda homila pufagi yorilmay qolsa, bola «pardali» tugiladi, bu homila uchun juda xavfli, chunki u dimiqib nobud bo’lishi mumkin. Bachadon bo’ynining to’la ochilishi va qog’onoq suvining ketishi bachadon muskullarining qisqarishiga va homilaning tug’ilishiga imkon beradi (ikkinchi davr). Bu davrda bachadon muskullarining ritmik qisqarishi yanada kuchliroq va uzoqroq davom etib, unga krrin devori muskullari hamda diafragmaning kiskarishi qo’shiladi, ya’ni kuchaniq ro’y beradi. Ayol har kuchanganida homila tug’ruq kanali bo’ylab surila boshlaydi, bunda homila ma’lum harakatlar qilib suriladi, bu esa uning osongina tug’ilishini ta’minlaydi. Homila boshi chanoqning katta o’lchamiga moslashib siljiydi, bu davrda homila boshi bukiladi va engagi ko’kragiga tegadi, yuzi o’ng yoki chapga qaraydi. Homila T. kanali bo’ylab siljiganda ensa qismi bilan oldinga, yuzi bilan dum/aza tomonga o’girilib oladi. Homilaning boshi chanoq tubi, to’g’ri ichak va tashqi chiqaruv yo’lini bosadi, bunda ayolning hojati qistagandek tuyuladi. Keyinchalik ayol har kuchanganida homila boshi jinsiy oraliqda ko’rinadi, kuchaniq to’xtashi bilan ko’rinmay qoladi; tez orada shunday payt keladiki, kuchaniq tutmay turganida xam qomila boshi ko’rinib turaveradi. Bu vaktda tug’ruqni boshqaruvchi akusherka chaqaloqni tug’dirishga kirishadi. Homilaning tug’ilish davrida ayol akusherkaning aytgani bo’yicha kuchaniqni tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin, bunda bola chiqayotganida tug’ruq yo’lidagi yumshoq to’qimalar yirtilmay qoladi. Homilaning boshi chiqishi bilan tanasi ko’rinadi. Shu bilan T.ning ikkinchi, ya’ni homilaning tug’ilish davri tugaydi. Bu davr birinchi bor tug’ayotgan ayollarda 1,5—2 soat, takror tug’ayotgan ayollarda yarim soatdan bir soatgacha davom etadi. Chaqaloq bilan yo’ldoshni birlashtiruvchi kindik kesib bog’lanadi. Chaqaloq tug’ilishi bilanoq yig’laydi, nafas ola boshlaydi. Endi uchi nchi davr, ya’ni yo’ldosh tushish davri boshlanadi, bu o’rtacha 30 min.dan 1 soatgacha davom etadi. Bunda yo’ldosh bachadon devoridan ko’chadi va tushadi; bir oz (250 ml cha) qon ketadi. Yo’ldosh tushish davrini vrach sinchiklab kuzatib turadi, chunki yo’ldosh butunligicha tushmay, biror bo’lagi qolib ketsa, qon ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Yo’ldosh tushishi bilan T. tugab, chilla davri boshlanadi.