IQTISODIYOT

IQTISODIYOT — 1) kishilar tomonidan mehnatni qo’llagan holda inson uchun zaruriy bo’lgan ne’matlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni ta’minlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xo’jalik, vositalar, ob’yektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi; 2) muayyan mamlakatning milliy xalq xo’jaligi yoki uning bir tarmog’i (transport Iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi Iqtisodiyoti va boshqalar); 3) xo’jalikning u yoki bu tarmog’ini, mintaqa xo’jaligini, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va shakllarini, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishni o’rganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat Iqtisodiyoti, savdo Iqtisodiyoti va boshqalar).