Irratsionalizm

Irratsionalizm (lotincha irrationalis -aqlga zid, g’ayrishuuriy) — bilish jarayonida aklning imkoniyatlarini cheklaydigan yoki inkor etadigan falsafiy oqim; falsafada rasionalizmga zid bo’lgan oqimlar nomi. Dunyoni bilishda inson ma’naviy hayotining tafakkurdan tashqari tomonlari: Iroda, bevosita mushohada, hissiyot, intuisiya, xayol (fantaziya), instinkt va shu kabilarni birinchi o’ringa qo’yadi. Irratsionalistlar fikricha, inson ob’yektiv voqelikning barcha siru asrorlarini aql yordamida bilishga qodir emas, voqelik esa qonuniyatlardan xoli, tasodiflarga, ko’r-ko’rona irodaga bo’ysunadi. Irratsionalizm volyuntarizm, hayot falsafasi, intuitivizm, pragmatism va ekzistentsializm kabi falsafiy oqimlarga xos.