Ish

Ish — 1) umumiy ma’noda — mu- ayyan narsani yasash, tayyorlash yoki bi- ror yumushni bajarish uchun sarf qilinadigan mehnat, faoliyat; I.ning turlari ko’p: aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ilmiy I., amaliy I., nazariy I. va h. k. U topshiriq, vazifa ma’nolarida ham qo’llanadi (mas, uy vazifa-si, yozma I. va h. k.). Mehnat, faoliyat natijasida yaratilgan mahsulot, nar-sa ham I., deb ataladi; 2) sud va ma’-muriy organlar- da ko’rilayotgan jarayon (mas, jinoiy I., janjalli I. va b.); 3) fizikada — ener- giyaning bir turdan ikkinchi turga ayla- nishini miqdor jihatdan ifodalovchi fizik kattalik; 4) mexanikada — kuch- ning ta’sir o’lchovi; u kuchning katta-ki- chikligiga, yo’nalishiga va kuch qo’yilgan nuqtaning qancha siljiganligiga bog’liq. Moddiy nuqtaga ta’sir etadigan kuch- ning bajargan ishi kuch G’proektsiyasi- ning o’tilgan yo’l S ga ko’paytmasi b-n o’lchanadi, ya’ni A = G’S cos f, bunda S= M[IMI nuqtaning mo dan M, ga siljish yo’li, a — kuch yo’nalishi b-n yo’l orasi- dagi burchak (rasmga q.). Umuman, coscp noldan katta (cos f > 0) yoki kichik (cos f < 0) bo’lishiga qarab, bajarilgan ish mus-BAT yoki manfiy bo’ladi. Moddiy nuq-taga bir vaqtning o’zida bir nechta kuch ta’sir etayotgan bo’lsa, bajarilgan ish kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ba- jargan ishga teng bo’ladi. Nyutonning harakat tenglamasiga asosan moddiy nuqtaga ta’sir etuvchi hamma kuchlarning bajargan umumiy ishi kinetik energiya o’zgarishiga teng: l _ TX? _ mvo l ~ 2 2 ‘ bunda: v, I0 — moddiy nuqtaning boshlang’ich va oxir- gi tezliklari. Mexanik I. bajarili- shi natijasida kinetik energiya, u b-n bog’liq holda esa harakatning mexanik shakli ham o’zgaradi. Fizik jarayon- larda energiya o’zgarishining mikdoriy ko’rsatkichining o’zi jarayonning turi- ga bog’liq. Agar sistema energiya bersa, sistemaning I.i musbat (ijobiy), agar energiya olsa, manfiy (salbiy) bo’ladi. «I.»tushunchasi fizika va texnikaning boshqa sohalarida ham qo’llaniladi. 5) termodinamikada — termodinamik si- stema holati o’zgarganda tashqi muhitga uzatilgan yoki sistema qabul qilgan ener- giya. Termodinamik sistema tashqi muhit b-n ta’sirlashgandagina I.ni miqdor jihatdan ifodalash mumkin. Bajaril- gan I. kattaligi jismning termodina- mik muvozanatda bo’lish-bo’lmasligiga bog’liq. Mexanik I.ning umumlashtiril- gan ifodasidan termo-dinamikada ham foydalaniladi. I.ning o’lchov birlikla- ri SGS tizimida erg, si tizimida Jo- ul (J), texnik ti-zimda — kilogrammo- metr (kg m).