Ish vaqti

Ish vaqti — xodimning ijtimo- iy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi me’yori; xodim bevosita o’z mehnat vazifalarini bajarishi uchun lo- zim bo’lgan, qonun b-n yoki qonun asosida belgilangan vaqt. Tabelda belgilangan, ya’ni I.v.da ish joyida bo’lganlikni hisobga olish xujjatida qayd qilingan Real vaqt I.v. hisoblanadi. I.v. ishlab chiqarish uchun ketgan mehnat sarfi va mehnat xa- ra-jatlari hajmini ifodalaydi, ya’ni mehnatning o’lchovi hisoblanadi. I.v. ni o’lchashning asosiy birliklari kishi-kun, kishi-soat, kishiminut (xronometraj, ish vaqti fo-tografiyasi va lahzaviy kuzatishlar o’tkazish), kishi-oy, kishi- chorak, kishi-yil kabilardan iborat. Ta- bel hisobi kishi-kunda hisoblanadigan I.v. haqidagi ma’lumotlarning asosiy manbadir. Xodimlar uchun I.v.ning me’yori muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo’lmasligi, 6 kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati — 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 8 soatdan ortib ketmasligi shart. Ayrim to-ifadagi xo- dimlar uchun ular yoshi, sog’lig’i, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining o’ziga xos xususiyatlari va o’zga holatlarni ino- batga olib, mehnat to’g’risidagi qonunlar va b. me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnat haqini kamaytirmasdan, I.v.ning qisqartirilgan muddatlari belgilanadi (q. Ish kupi). Mazkur ishlarning ro’yxati va I.v.ning aniq muddati O’zR hukumati tomonidan belgilanadi. Bay-RAM kun- lari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Xodim b-n ish beruvchi o’rtasidagi keli-shuvga binoan, ishga qabul qilish chog’ida va keyinchalik ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilab qo’yilishi mumkin. To’liqsiz I.v. sharti b-n ishlash xodim- ning yillik asosiy mehnat ta’tili muddatini, mehnat stajini hisoblash va b. mexnatga oid huquklarni biron- bir tarzda cheklashga asos bo’la olmay- Di, bunda ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ra- vishda haq to’lanadi. Korxona va muassasalarda mehnat rejimlarini rasional o’rnatish, ish grafiklarini, ish kuni davomida ish- lash va dam olish rejimlarini tu-zish, asbob-uskunalar va ishchilarning bekor turish vaqtini hamda I.v.ni unumsiz sarflashini tugatish tadbirlari ishlab chiqiladi. Mehnat rejimi ish boshlani- shi va tugashi, ovqatlanish uchun tanaf- Fus vaqti qamda korxona xodimlarining o’z vazifalarini baja-rayotgan vaqtdagi axloq qoidalarini, huquq va burchlari- ni aniqlashni ko’zda tutadi. Ish va dam olish kunlarining almashinuvini, sme- nalarning davom etish vaqtini, ishchi- larini bir smenadan ikkinchisiga o’tish tartiblarini belgilash uchun ish grafi- klari tuzil adi. Xalqaro mehnat statistikasi 8kon- ferentsiyasi (1962 y.) hujjatlarida I. v.ni me’yordagi I.v. (qonun hamda qoidalar b-n yoki ularga muvofiq, shu- ningdek, jamoa shartnomalari va Arbi- traj qarorlari b-n belgilangan vaqt), qaqi Qi y I.v. (jumladan, me’yordagi vaqt oralig’ida haqiqiy ishlangan soatlar, ish o’rnida ishga tayyorlanish uchun ketadigan vaqt, ish joyida ishsiz o’tkaziladigan, ammo mehnat shartnomasida haq to’lash ka- folatlab qo’yilgan vaqt, ish o’rnida odam olishga sarf bo’ladigan qisqa vaqtlar) va haq to’lanadigan I.v.ga ajratish tavsiya etiladi. Dilfuza Rahimova, Risolat Ishmura- tova.