ISIRG’A ZANJIRA

ISIRG’A ZANJIRA — naqqoshlikda zanjira turi; kandakorlik, yog’och va ganch o’ymakorligida keng qo’llaniladi. Zanjira (ikki chiziq orasi)ga isirg’aga o’xshash gul solinadi (nomi shundan). Jumladan, miskarlikda mis idishlarning naqsh mujassamotida buyumlar cheti va o’rtasiga Isirg’a zansira ishlanadi.