ISIRIQDON

Ma’nosi

ISIRIQDON — tutatqi solinadigan mis idish; isiriq tutatib isiriq solishda ishlatiladi. Miskarlikda qolipaki usulda tayyorlanadi. Taglik, taglikka o’rnatilgan asosiy qism — cho’g’xona va qubba shaklidagi qopqoqdan iborat. Isiriqdon tutatqining tutuni chiqib turishi uchun shabaka usulida panjarali qilib ishlanadi, sirti islimiy hoshiya naqshlar bilan bezatiladi.

O‘xshash so‘zlar

I harfi: barcha so‘zlar