Isitma tushiruvchi dorilar

Isitma tushiruvchi dorilar — termoregulyatsiya markazlariga ta’sir etib, ularning qo’zg’aluvchanligini susaytiradigan Veteri tomirlarining kengaytiradigan dorilar. Bunday dorilar badan sirtiga ko’proq qon keltiradi, ter chiqishini oshiradi va shu bilan organizmdan tashqariga issiqlik chiqishini kuchaytiradi (fenatsetin, antipirin, amidopirin, analgin, paratsetamol, atsetilsalisil kislota — aspirin va boshqalar). Bular yallig’lanishni kamaytiradi va og’riqni bosadi. Isitma tushiruvchi dorilar ko’pincha bir- biri bilan, shuningdek, kofein bilan birga ishlatiladi, masalan, analgin + amidopirin + kofein; atsetilsalisil kislota + fenatsetin + kofein va hokazolar. Bundan tashqari, reopirin (butadion + amido- pirin), baralgin (analgin + pitofenon + feniveriniy) va sedalgin (kodein + kofein + fenatsetin + atsetilsalisil kislota + fenobarbital) degan preparatlar ham ishlab chiqariladi.