Javohirlar

Javohirlar — qimmatbaho va bezak buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladigan xar xil tarkibli minerallar. Javohirlar chiroyliligi, rangining tiniqligi va bir xilligi, yaltiroqligi, tovlanishi, qattiqligi kabi xususiyatlari bilan qadrlanadi. Yuqori nur sindirish xususiyati minerallarning yaltiroqligini kuchaytiradi. Yaltiroqlik xususiyati mineralga jilo berilganda yana ham ortadi. Olmos, yoqut, la’l, zumrad, platina, oltin, marvarid, feruza, billur (xrustal), aqiq, qahrabo va boshqa javohirdir.