Miloddan avvalgi VI asr o’rtaarida qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar (Axoman fors qabilalari yo’lboshchisi) vakili Kir II axomaniylar davlatiga asos slogan. Kir II miloddan avvalgi 553-550 yillarda midiyaliklar hukmronligiga qarshi kurashib, g’alaba qozonadi va Eronda qadimgi dunyoning eng buyuk davlatlaridan biri axomaniylar davlati tashkil topadi.
Kir II miloddan avvalgi 350-330 yillarda Midiya, Lidiya, Kichik Osiyo, Bobil, Misr, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli-g’arbiy qismini bosib oladi.
Qadimgi yunon tarixchi olimlari Ktesiy va Ksenofontlarning asarlarida qayd etilishicha, miloddan avvalgi 545-539 yillarda Kir II Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona viloyatlarini hamda sak qabulalarini o’ziga bo’ysundiradi. Shuningdek, tarixiy manbalarda Kir II qo’shinlari Turkiston va Nurota tog’ tizmalari oralig’idan o’tib, Sangzor va Sirdaryo oralig’ida joylashgan Ustrushona hududlarini ham bosib olganligi to’g’risida ma’lumot bor.
Kir II miloddan avvalgi 530 yilda To’maris boshliq massagetlar bilan jangda halok bo’lgach, Doro I davrida O’rta Osiyoning katta qismi bo’ydundiriladi. Ahomaniylar davlati qo’shinlari Turkiston va Nurota tizma tog’lari oralig’idan o’tib Sangzor va Sirdaryo oralig’ida joylashgan Ustrushona viloyati hududlarini ham bosib oladi. Ahomaniylar podshosi o’z saltanatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning so’l qirg’og’idagi Ustrushona hududlarida 7 ta chegara-shahar qal’asini qurdiradi. Hozirgi Tojikistonga qarashli O’ratepa yaqinidagi Havotag mavzeida qurilgan shahar-qal’aga Kiropol (Kira, Kiresxata) deb nom berilgan.
Sangzor daryosi quyi oqimi bo’yida – hozirgi Jizzax shahri o’rnida, qurilgan qal’a-shaharchaga Dizak deb nom beriladi.
Demak, hozirgi Jizzax o’rnida miloddan avvalgi VI asrda Eron axomaniylari davrida qurilgan Dizak yoki Gazo Ustrushonada bunyod etilgan 7 ta shahar-qal’aning biridir.
Tarixiy manbalar, arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, Jizzax aholisining hayoti axomaniylar davlatida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog’liq holda kechgan.
Axomaniylarning O’rta Osiyo viloyatlaridagi hukmronligi 2 asrdan ko’proq davom etadi. Doro I davrida O’rta Osiyoda ko’tarilgan barcha qo’zg’olonlarni bostirib, axomaniylar hukmronligini mustahkamlaydi. Doro I tomonidan miloddan avvalgi 519 yilda Baxistun qoyalariga o’yib bitilgan yozuvlarda uning izmiga bo’ydundirilgan xalqlar qatorida xorazmiylar, baqtriyaliklar, sug’diylar ham tilga olinadi. Axomaniylar Gretsiyaga qilgan yurishlarida O’rta Osiyolik jangchilardan ham foydalanishgan. Ustrushonaning Chotqol tog’i tizmalaridan oltin, Nurota tog’ tizmalaridan metal, qimmatbaho toshlar qazib olingani va Eronga olib ketilgani haqida tarixiy manbalarda qayd etilgan.
O’rta Osiyo hududlari to’liq bo’ysundirilgach, Axomaniylar saltanati 20 ta ma’muriy-harbiy qismga – satrapiyaga bo’lib boshqaradi. Barcha satrapiyalar shoh oilasiga tegisli forslardan tayinlangan satraplar – hokimlar tomonidan boshqarilgan. 16-satrapiyaga Parfiya, Xorazm, So’g’diyona, jumladan, Ustrushona (Dizak) hududlari kirgan. Axomaniylar naslidan, lashkarboshilardan biri Bess XVI satrapiyaga – satrap (hokim) etib tayinlangan. Satrapiyaga kiritilgan hududlar aholisidan yiliga 300 talant miqdorida kumush solig’i undirilgan. 1 talant 30 kilogramm kumushga teng bo’lgan, ya’ni yiliga 9 tonna miqdorida kumush miqdoriga teng keladigan miqdorda – qimmatbaho toshlar, dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari, chorva mollari va teri to’lashga majbur qilingan. Aholi satraplar talab qilganda piyoda, otliq, aravalik jangchilar berishga ham majbur qilingan.
Eron shohlari qurdirgan 2000 kilometrlik “Shoh yo’li” O’rta Osiyodagi mahalliy yo’llar bilan bog’langan. Bu yo’llardan soliq yig’uvchlar, karvonlar, qo’shinlar, shohning “Ko’zi va qulog’i” bo’lgan ayg’oqchi-xabarchilar yurgan. Shoh farmonlari, satraplarning shohga axborotlari shu yo’l orqali yetkazib turilgan. O’sha paytlardayoq, Turkiston va Nurota tizma tog’lari oralig’idan o’tadigan yo’lda joylashgan Dizak karvonlar to’xtab o’tadign bekat bo’lgan, savdo-sotiq rivojlangan.
Bu davrda Dizak ahli beli bog’lanadigan ko’ylak, uzun tor ishton, boshiga hozirgi do’ppiga o’xshash qalpoqcha kiyishgan. Oromiy yozuviga asoslangan sug’d yozuvidan foydalangan. Aholi Zardushtiylik diniga e’tiqod qilishgan. Aholi hunarmandchilik, Sangzor daryosi vohalarida dehqonchilik, cho’l, qir-adirlarda chorvachilik bilan shug’ullanib tirikchilik qilishgan. O’rta Osiyo viloyatlari bilan Eron o’rtasida savdo va madaniy aloqalar o’rnatilgan. Axomaniylar zarb qilgan tanga pullar O’rta Osiyoda ham muomalada bo’lgan, O’rta Osiyoliklar Erondagi me’morchilik qurilish ishlarida qatnashgan.
Miloddan avvalgi 334 yilda Yunon-Eron urushi avj olib, qisqa vaqtda Axomaniylar davlati mag’lubiyatga uchradi. O’rta Osiyo qochgan Eron shohi Doro III So’g’diyona satrapi Bess tomonidan o’ldirildi va Bessning So’g’diyonaga qochishi Iskandar Zulqarnaydning O’rta Osiyogaa bostirib kirishiga bahona bo’ladi. Iskandar O’kuz (Amu) daryosidan o’tib (miloddan avvalgi 329 yilda) Sug’diyona tomon yuradi va Navtaka viloyati, Marokanda (Samarqand)dagi xalq qarshiligini sindirib, katta hududlarni bosib oladi.
Iskandar Samarqandda kichikroq qo’shin qoldirib, miloddan avvalgi 328 yilda Ustrushonaga qo’shin tortadi. Hozirgi G’allaorol, Jizzax, Zomin, Kiropol aholisi bosqinchilardan ona yurt ozodligi va mustaqilligini mardonavor himoya qiladilar. Iskandar Turkiston tizma tog’larining shimoliy qismidagi daralarda aholining qattiq qarshiligiga uchradi. Tog’ daralaridagi janglarda mahalliy aholidan 22 ming kishi halok bo’ladi. Iskandar qo’shinlari uchun Kiropol shahrini egallash oson bo’lmadi. Shahar mustahkam qal’a devorlari, yaxshi qurollangan himoyachilari bilan mudofaa qilinardi. Dushmanning toshotar qurollari qamaldagilarni chalg’itib turgan bir paytda, Iskandar qalqonchi va kamonchi shaxsiy jangchilari bilan suv kirib, suv chiqadigan qurigan o’zan orqali shaharga kirib, shahar darvozasini ochadi. Dushman qo’shinlari shahar ichkarisiga kiradi va og’ir janglar bo’ladi. Iskandaar o’zi ham gardaniga tosh tegib, og’ir jarohatlanadi. Krater va Iskandarning boshqa qo’shin boshliqlari ham kamondan otilgan yoydan halok bo’ladi. Shahar himoyachilaridan 8000 jangchi qurbon bo’ladi. Iskandar Kiropol shahrini egallaydi. Kuchlar teng bo’lmaganligi bois, Iskandar Jizzaxdan Kiropolgacha bo’lgan hududlarni, Arrianning “Iskandar yurishlari” nomli asarida qayd etilishicha, Iskandar Ustrusonadagi 7 shaharni egallaydi. Jangu jadallar bilan Iskandar qo’shinlari Sirdaryo (Yaksar)ning chap sohiligacha bo’lgan yerlarni bosib oladi Yunon mualliflarining asarlarida Iskandar Tanais daryosi bo’yigacha borib yetdi, deb yozilgan. Yunonlar Sirdaryoning o’rta oqimini Tanais daryosi, deb ataganlar.
Iskandar daryo bo’yiga o’rnashib olgach, qo’shiniga dam beradi. Ayni paytda u qo’shin joylashgan yer atrofini devor (uzunligi 60 stadiy, 1 stadiy 176.6 metrga teng) bilan o’rab bir shahar qurishni amr qiladi. Uningcha, bu shahar saklarga qarshi urushlarda mudofaa uchun zarur edi. Shahar hatto 17 kun deganda mudofaa inshootlari va turar joylar bilan qurib birkaziladi. Mazkur shahar hozirgi Xo’jand shahriga yaqin joyda qurilgan bo’lib, unga Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb nom berilgan.
Sirdaryo (Tanais)ning o’ng qirg’og’ida Choch va Iroq vohasida yashovchi saklar (qang’arlar) bilan Iskandar qo’shinlari o’rtasida qattiq janglar bo’lib ikki tomondan ko’plab kishilar qurbon bo’ladi. Kurtsiy Rufning yozishicha makedoniyaliklardan 60 suvoriy, 100 ta piyoda askar halok bo’lgan, saklardan 1000 kishi halok bo’lgan, 150 ishi asir olingan. Tanais janggi ikki o’rtada sulh tuzish bilan yakunlangan. Asirga olingan saklar ozod qilingan.
Iskandarning saklar bilan sulh tuzishiga bosib olingan hududlarda, ayniqsa, Sug’d va Baqtriyada Spitamen boshchiligida kuchli qo’zg’olon ko’tarilgani haqida tashvishli xabarlar olingani sabab bo’lgani ehtimoldan xoli emas.
Spitamen boshliq qo’zg’olonchilar Samarqanddagi yunon-makedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallagan edilar. Iskandar qo’zg’olonchilarga qarshi sarkarda Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliqdan iborat qo’shin jo’natadi. Iskandarning o’zi Ustrushonadagi g’alayonlarni bostirishga kirishadi. Iskandar o’z sarkardasi Kraterni Kiropolga jo’natib, o’z qarorgohiga yaqin joydagi shahar – Gazoga qo’shin tortadi. Iskandar Gazo (Dizak)da ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirish harakatiga tushgan paytda, saklar hukmdorining ukasi Kartazes boshchiligidagi katta qo’shin qo’zg’olonchilarga yordamga keladi. Bundan xabar topgan Iskandar Gazodagi jangga 2000 kishilik qo’shin tashlaydi. Dushman toshotar qurollari bilan shaharning paxsadan ishlangan, uncha baland bo’lmagan mudofaa devorlariga qattiq zarar yetkazadi. Dushman Gazo mudofaa devorlari atrofiga narvonlar o’rnatadi. Biroq mudofaachilar narvonlarni ag’darib tashlashadi. Kartazesning yordamchi qo’shinlari yetib kelgach, qo’zg’olonchilar dushmanni Sirdaryo tomon chekinishga majbur qiladi. Biroq Iskandarning o’zi boshliq katta qo’shinni Gazoga hujum qilib, mudofaachilarni dushman sopqonchilari va kamonchilari o’qqa tutishadi, o’q otuvchi moslamalarni ishga solidi. O’qlar yomg’iri ostida qolgan mudofaachilar devor tepasidan pastga tushishga majbur bo’ladilar. Shunda makedonlar devorga yana narvonlarni qo’yib devor tepasiga chiqadilar. Shu tariqa Gazo qo’zg’oloni bostiriladi. Mudofaachi minglab erkaklar qirg’in qilinadi. Ayollar va bolalar jangchilarga o’lja sifatida beriladi.
Farnux qo’shinlari Samarqandga yaqinlashgach, Spitamen Zarafshon daryosining quyi oqimiga chekinadi. Bu yerdagi o’z otliq qo’shinlari bilan birlashib, Farnux qo’shinlariga to’satdan hujum qiladi. Yunon-makedon qo’shinlarining katta qismini qirib tashlab, Samarqandni qamal qiladi. Iskandar Spitamenga qarshi Andromax, Menadem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qo’shin yuboradi. Spitamen mazkur jangda o’zgacha harbiy usul qo’llagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga ikki tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, ikkinchisi tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot ko’radi. Shundan keyin Spitamenga qarshi Iskandar asosiy kuchlari bilan jangga otlanadi. Spitamen cho’l ichkarisiga chekinadi. G’azablangan Iskandar Zarafshon vohasining tinch aholisidan o’ch olib – 120 ming kishi qirib tashlanadi. Sug’diy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga o’tib ketadilar. Miloddan avvalgi 328 yil oxirlarida Spitamen xoinona o’ldiriladi.
Ikki yillik natijasiz janglardan so’ng Iskandar mahalliy xalqlarni kuch bilan yengib bo’lmasligini tushunaadi. Endilikda u o’zining jangari harbiy siyosatini o’zgaririb, O’rta Osiyo viloyatlarida o’ziga ishonchli tayanch kuchlarni tashkil etishga kirishadi.
Birinchi navbatda, O’rta Osiyo satrapiyalari hokimligiga yunon-makedon vakillaridan tayinlaydi, qal’alarga yunon askarlarini joylashtiradi. So’ngra qarshilik ko’rsatayotgan mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashish choralarini ko’radi.
Kurtsiy Rufning “Aleksandr Makedonskiy tarixi” asarida yozilishicha, Sug’d qal’asining hokimi Oksiart Iskandani izzat-ikrom bilan kutib oladi. Ulug’ mehmonning tashrif buyurganidan xursand bo’lgan qal’a hokimi Oksiart shohga sovg’a sifatida 30 ta go’zal qizlarni keltirishni buyurdi. Qizlar orasida Oksiartning Roksana (Ravshanak) ismli qizi ham bor edi. U o’zining nihoyada go’zalligi bilan boshqa qizlardan ajralib turardi. Aleksandr Roksnaga ko’ngil qo’yib uylanishga qaror qiladi. Oksiart Aleksandrning Roksanaga uylanishi haqidagi xabarni eshitib behad xursand bo’ladi va sug’diyonaliklarning o’sha zamon udumiga binoan Roksanani Iskandarga unashtirish uchun non keltirishni buyuradi. Nonni ikkiga bo’lib, yarmini Iskandarga yarmini Roksanaga beradi. Iskandar Oksiatrni Baqtriya satrapi etib tayinlaydi. Sug’d hukmdorligi mahalliy aslzoda Oropiyga topshiriladi.
Sug’diyonalik mahalliy xalqlarning mehnatsevarligi, ko’pgina urf-odatlari Iskandarga ma’qul tushadi. U sug’diyonacha kiyinib yuradi. Iskandar qo’shinlarini ham mahalliy xalq urf-odatlarini qabul qilishga va yerlik xalqning milliy kiyimlarini kiyib yurishga undaydi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Iskandar deyarli 3 yil harakat qildi. Biroq uncha katta bo’lmagan hududni – Marg’iyona, Baqtriya, Sug’diyona va Ustrushonaning Sirdaryo bo’ylarigacha bo’lgaan yerlardagi aaholini bo’ydunsidirishga muvaffaq bo’ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona o’z mustaqilligini saqlab qoldi.
Makedon qo’shinlarining bosqinchilik yurishlari O’rta Osiyoning gullab-yashnagan yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismini qirib tashladi. Miloddan avvalgi 327 yilda Iskandar Hindistonga yurish boshladi.
O’rta Osiyoda Iskandar hukmronligi o’rnatilgach, ellin madaniyati: grek tili va yozuvi, san’ati kirib keladi. Yunon xudolari Zevs, Afrodita, Gera va Iskandar Zulqarnayn tasvirlari tushirilgan tangalar zarb qilinadi boshlanadi. Shaharlardagi ibodatxonalarda haykallar o’rnatila boshlanib, tasviriy san’atga e’tibor kuchaytirildi. Sug’dda, Ustrushonada pishirilgan g’ishtlardan binolar qurish, suv yo’llari, kanallar qazilib, quvurlar orqali shaharlar va atrof qishloqlarni suv bilan ta’minlash amalga oshirildi.
Iskandar Zulqarnaynning 33 yoshida miloddan avvalgi 323 yilning 13 iyunida vafot etishi bilan u tashkil qilgan imperiya parchalnib ketdi. Misrda Ptolemey Lag, Suriya va Kichik Osiyoda Antiganni, Frantsiyada Lisimak, Makedoniyada Kassandr podsholik qildi. Iskandar Zulqarnaynning sarkardasi Salavk esa Dajladan Sirdaryogacha va bu yog’i Hind daryosigacha bo’lgan hududda o’z hukmronligini o’rganib, Salavkiylar davlatini tashkil qiladi.
Miloddan avvalgi III asrning 50-yillarida Diodot asos slogan. Yunon-Baqtriya podsholigi yuzaga kelib, bu davlat miloddan avvalgi II asrning o’rtalarigacha hukmronlik qiladi. Miloddan avvalgi II asrning 40-30 yillari oralig’ida Yunon-Baqtriya davlati Sak, Yuechji, Tohar kabi elat va qabilalarning yurishi tufayli inqirozga uchraydi.
Iskandar Zulqarnayn O’rta Osiyoda orttirgan behisob boyliklar Makedoniyaning Iskandariya shahriga olib ketilgan. Rus sharqshunosi M.M.Lyutovning fikricha, Makedoniyaga jo’natish uchun bir karvon boylikni yuklashga o’n ming juft qo’tos va uch yuzta tuya kerak bo’lgan. Bu fikrga qo’shilgan professor V.V.Grigoryev ham “Iskandar O’rta Osiyoda shu qadar ko’p boyliklarni o’lja qilib oladiki, uning hisobiga yetish qiyin” deb yozadi. M.M.Lyutov Grigoryev fikrini tasdiqlab, birgina Suz ibodatxonasidan qimmatbaho tillalar, mo’ynali buyumlar va boshqa boylikar bilan birga ellik ming talantga teng summadagi o’lja olinganini yozadi.
Iskandar Zulqarnayn amri bilan miloddan avvalgi 332 yildan boshlab qurila boshlagan Iskandariya shahrini bunyod etish uchun sug’diyonalik ko’plab ajoyib me’morlar, naqqoslar, hunarmandlar, qo’li gul ustalar qul qilib haydab ketilgan. Bu yuksak san’at namoyandalarining ko’pchiligi taqdir taqozosiga ko’ra olis Gretsiya va Makedoniyada umrbod qolib ketgan.
Makedoniya qo’shinlari, yuqorida qayd qilganimizdek, O’rta Osiyoda talon-tarojlik qilib, turli-tuman boyliklarimizni talab ketganligidan dalolat beradi. Mana shu faktlarning o’ziyoq chet ellik ba’zi tarixchi olimlarning Iskandar shaxsini ulug’lash va idellashtirishlari behuda ekanligini ko’rsatadi. Aslida Iskandar qo’shinlari O’rta Osiyo madaniyatiga vahshiylarcha munosabatda bo’lgan. Mamlakatimizdagi yuksak san’at obidalarini vayron qilgan.
Grek yozuvchisi Diodor Sitsiliyskiyning (sitsialik Diodor) “Tarix kutubxonasi” (40 kitobdan iborat) asarining yettinchi kitobida yozilishicha, Iskandar harbiy yurish davomida 120000 sug’diyonalikni qurbon qilgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, bunday voqealar Iskandar shaxsini ulug’lash va uni ijobiy shaxs sifatida o’rganishimiz asossizligini isbotlaydi. Holbuki, biz o’rganayotgan asarlarning ayrim sahifalarida Iskandar obrazini ijobiy ma’noda tasvirlashga moyillik borligi sezilib turibdi.
Iskandar vafotidan so’ng hokimiyat uning eng yaqin lashkar boshliqlari qo’liga o’tib, Yevropa, Yaqin Sharq va O’rta Osiyoda o’ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy talablarni oldinga surgan, ellinizm deb atalgan davr, ikki qit’a madaniyatining o’zaro ta’sir davri boshlanadi.
Iskandar Zulqarnaynning maqsadi O’rta Osiyoning bosib olingan hududlarini, shu jumladan, Ustrushonani o’z davlati tasarrufida abadiy saqlab turish edi. Shu boisdan u o’z saroyida mahalliy aholiga xo surf-odtlar, axloqiy me’yorlarni o’rganib, ularga amal qila boshladi. Mahalliy yigitlarni o’z qo’shinlari safiga olib, o’ziga yqinlashtiradi. O’lkada bir qator shaharlar qurdirdi. Yunon tarixchisi Plutarxning ta’kidlashicha, Iskandar bo’ysundirilgan xalqlarning turmush tarziga yaqinlashish, ularning yuqori toifalari bilan do’stona munosabatda bo’lish, bo’ysundirilgan xalqlar ustidan hukmronlikni saqlab turishga xizmat qiladi, deb hisoblar edi. Mahalliy zodagonlarning bir qismi o’z mulkini, mavqeini saqlab qolishga intilib Iskandar tomoniga o’tdilar. “Ayrimlar esa” dushmanlik kayfiyatida qoldilar. Iskandarning qo’shi boshliqlari, makedoniyalik zodagonlar orasida Iskandar siyosatiga qarshi chiqqanlar ham bo’ldi. Sarkardalardan Klit, Kallisfin Iskandarga qarshi isyon uyushtirishda ayblanib, qatl etiladi.
Iskandar Sharqda o’z siyosatini amalda ro’yobga chiqarish maqsadida, Osiyo xalqlarini Yevropaga, Yevropa aholisini Osiyoga ko’chirish ishlarini ham amalga oshiradi.
Iskandar Zulqarnaynning O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishi juda qimmatga tushdi, uning hukmronligi mustahkam bo’lmadi. Iskandar Hindistonni egallash uchun ketgach, uning O’rta Osiyoda qoldirgan kuchlari joylashgan shahar va qal’alar Iskandar zulmidan ozorlangan ko’p sonli mahalliy aholi manzilgohlari qurshovida qolgan edi. Ayniqsa, Iskandarning vafoti haqidagi xabar tarqalgach, bu O’rta Osiyoda tezda o’z aks sadosini bera boshladi. Grek-makedonlar o’z Vatanlariga qaytish harakatiga tushdilar. Mahalliy zodagonlar bilan grek-makedonlar o’rtasida ziddiyat kuchaydi.
Iskandar Zulqarnayn tuzgan saltanat parchalangach, Suriyadan Sirdaryogacha bo’lgan hududlarni, shu jumladan, Ustrushona hududlari va Hind daryosigacha yerlarni Iskandar sarkardasi Salavk o’z tasarrufiga kiritdi va Salavkiylar davlatiga asos soldi. Salavk va uning o’g’li Antiox I davrida O’rta Osiyo bitta satrapiyaga birlashtirildi. Salavkiylar sarkardasi Demodam Miletskiy tomonidan shimoli-sharqiy chegaralarni mustahkamlash maqsadida Sirdaryodan o’tib, daryoning o’ng tomonida “Yaksart daryosining orqasidagi Antioxiya” deb nom olgan shaharni (hozirgi Toshkent (Choch) shahriga yaqin joyda bo’lsa kerak qurdiradi. Chekka Iskandariya bilan Antioxiya shaharlari o’rtasida yo’l qurilib, bu yo’l Midiyadagi Rey shahri bilan bog’lanadi. Bu yo’l Jizzax shahri orqali o’tardi va shu boisan Jizzaxda savdo-sotiq, hunarmandchilik ancha rivojlanadi.
Miloddan avvalgi III asr o’rtalarida Salavkiylar davlati ichki kurashlar oqibatida parokandalikka uchradi. Baqtriya hokimi Diodot o’zini shoh deb e’lon qiladi va miloddan avvalgi III asr o’rtalarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topdi. Shuningdek, Arshak boshchiligidagi daxlar qo’zg’oloni natijasida Parfiya davlati tuziladi. Yunon olimi Yustinning ta’kidlashicha, Sharq xalqlari Makedoniyadan batamom ajralib chiqdi. Bu O’rta Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi natijasi bo’ldi, albatta. Salavkiylar davlati parchalanishi natijasida Sirdaryoning o’rta havzasida Qang’ davlati tashkil topadi. Tarixchi olim Karim Shoniyozovning ta’kidlashicha, Qang’ davlati sharqda Farg’ona (Davan), shimoli-sharqda Usun davlatlari, shimoli-g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo’lgan, Qang’ davlatining yozgi qarorgohi Issiqko’l yonidagi Qorako’l (Prjevalsk), qishki poytaxti Bityan shahri (Shosh (Choch)), hozirgi Toshkent vohasida bo’lgan. Iskandariya Esxata, Kiropol, Dizak yoki Gazo (hozirgi Jizzax) shaharlari Qang’ davlati tarkibida bo’lgan. Keyinchalik miloddan avvalgi II-I asrlard Qang’ davlati kuchayib, uning tasarrufiga Susiyo (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuschyan (Urganch), Yantsoy (Qizil O’rda), Yan (O’tror) hududlari bo’ysundirilgan.
Qang’ davlati tasarrufida bo’lgan Jizzax aholisi o’troq hayot kechirib, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan tirikchilik qilishgan. Sangzor daryosi havzalari dehqonchilik qilish uchun qulay bo’lib, mo’l-ko’l hosil yetishtirilgan. Aholi tog’ daralari va cho’llarda ko’chmanchi chorvachilik, yilqichilik bilan ham shug’ullangan. Jizzaxlik hunarmandlar xo’jalik asbob-uskunalari, zargarlik buyumlari, oybolta, qilich, xanjar, o’tkir uchli nayzalar yasab sotganlar.
Miloddan avvalgi II asr o’rtalarida Xan imperiyasi (Xitoy) imperatori Qang’ davlatiga boradigan karvon yo’llari haqida ma’lumot to’plash, ayg’oqchilik va diplomatic maqsadlarda elchi Chjan Tszyanni yuboradi Chjan Tszyan karvonlar qatnaydigan yo’llar haqida ma’lumotlar to’playdi. Natijada Xitoy va O’rta Osiyo o’rtasida savdo karvonlari qatnay boshlaydi. Makedoniyalik savdogar May Tsian O’rta dengizdan O’rta Osiyoga boradigan karvon yo’li haqida ma’lumotlar to’playdi. Natijada Sharq bilan G’arbni bog’lovchi karvon yo’li shakllanadi. 1877 yili mashhur nemis olim Karl Rixtofen o’zining “Xitoy” nomli asarida mazkur karvon yo’lini “Buyuk ipak yo’li” deb atalgan, keyinchalik “Buyuk ipak yo’li” atamasi xalqaro miqyosda e’tirof etiladi.
Jizzax shahri Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan. Shu boisdan Jizzax shahrining mavqei tobora oshib boradi. Jizzaxda karvonsaroylar, yemakxonalar, savdo rastalari bunyod etilgan. Xitoydan keltirilgan ipak va ipakdan tayyorlangan kiyimlar, chinni buyumlar, choy mahsulotlari, Hindistondan keltirilgan gazlama, ziravor va doirov mahsulotlar, Eron, Arb va Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan turli-tuman mahsulotlar Jizzax bozorida mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini xarid qilganlar. Savdo aloqalari Jizzax shahrining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksalishiga turtki bo’ldi, albatta.
Qang’ davlati hududlarida jiddiy migratsion jarayonlar sodir bo’lib turgan. Avvalo, Xun xoqonligi tazyiqiga uchragan, Sharqiy Turkistonda yashovchi Yuechji, aslida turkiy qabila-urug’lari (toxarlar) O’rta Osiyoga kirib keladilar. Yuechji qabilalari So’g’riyona orqali Baqtriyaga o’tib, u yerda yirik davlat – Kushonlar saltantiha asos soladilar. Bu suronli yillarda bu turkiy qabilalar (yuechjilar)ning bir qismi Ustrushona va So’g’diyona hududlariga o’rnashib qoladilar.
Sharqda tashkil topgan Xunn xoqonligi bilan Tsin (Chin, Xitoy) davlati o’rtasida uzoq yillar davom etgan qirg’inbarot urushlar oxir-oqibat xunnlarning mag’lubiyati bilan tugagan. Natijada xunnlarning bir qismi Xitoy tasarrufiga olingan, bir qismi Qang’ davlati hukmdori bilan Xunn xoqoni Tangriqut (Tangri farzandi) o’rtasida quda-andachilik munosabatlari o’rnatilgan bois Qang’ davlati hududlariga ko’chib kelib joylashgan. Xunnlarning katta qismi G’arbga chekinib, u yerdagi xalqlar bilan aralashib ketgan, ular Yevropada gunnlar nomi bilan mashhurdir.
IV asr o’rtalarida O’rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko’chmanchi chorvador Xion nomli turkiy qabilalar qilib keladilar. Ular o’z hukmdori Grumbat boshchiligida So’g’diyona, Ustrushona hududlarini egallaydi va 70-yillarda Sirdaryodan Amudaryogacha hududlarda xioniylar hukmronligi o’rnatiladi. Bu davrda ham Ustrushona va So’g’riyonada bir qator turkiy qabilalar o’rnashib qoladilar.
V asrning o’rtalarida yana eftaliylar deb nom olgan turkiy qabilalar Sirdaryodan o’tib Amudaryogacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Ularga Egraliylar (qabilasi)dan bo’lgan. Vaxshunvar ismli shoh boshchilik qilgan. Eftaliylar xioniylarga zarba berib Sug’diyona va Ustrushonani ham o’z tasarrufiga kiritadilar va bu hududlarda eftaliylar deb atalgan turkiy urug’-qabilalar o’rnashadi. Dastlab ular Sug’diyona, Ustrushonadagi keng yaylovlarda kigiz o’tovlarda yashab, chorvachilik bilan shug’ullanadilar. Keyinchalik ular obod dehqonchilik vohalari va shaharlardagi omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadilar. Jizzax aholisi charxpalak, dehqonchilik qilinadigan yerlarni kengaytiradilar. Aholining bir qismi sug’d tilida, bir qismi turkiy tilda so’zlashar edi.
VI asr o’rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda tashkil topgan Turk xoqonligi kuchayib, eftaliylarga qarshi yurish boshladi. Istami yobg’u boshchiligidagi qo’shinlar 563 yilda Chirchiq (Parak) daryosi bo’yidagi jangda eftaliylar qo’shini yengadi va Choch (Toshkent)ni egallaydi. Istami yobg’u qo’shinlari Sirdaryodan o’tib, Ustrushonani, shu jumladan, Jizzax shahrini bosib oladi va Sangzor daryosi bo’ylab yurib Ilon o’tti darasidan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh, Naxshab va Buxoroni qattiq janglar bilan bosib oladilar. 567 yilda Buxoro yaqinida bo’lgan 8 kunlik jangda eftallar mag’lub bo’ladi. Natijada eftaliylar davlati qulaydi.