KARMANA TUMANI
KARMANA TUMANI — Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Zarafshon daryosining quyi qismi sohilida joylashgan. 1962 yildan Navoiy tumani deb yuritilgan. 1980 yilda Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988 yilda qayta qo’shilgan. 1992 yildan yana alohida tuman bo’lgan. 1999 yil Karmana shahri hududi Navoiy shahri tarkibiga (Karmana tumani sifatida) kiritildi. 2003 yil dekabrda Navoiy tumani nomi Karmana tumani deb o’zgartirildi va Karmana shahri tuman markazi sifatida belgilandi. Tuman shimoldan Navbahor, konimex, g’arbdan Qiziltepa tumanlari, Sharq va Janubdan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Karmana tumani hududi Navoiy shahri atrofini hamma tomondan o’rab olgan. Tumanda 1 shahar (Karmana), 1 shaharcha (Malikrabot), 6 qishloq fuqarolari yig’ini (Do’rmon, Jaloyir, Narpay, Uyrat, Yangiariq. Hazora) bor. Maydoni 0.95 ming kilometr kvadrat. Aholisi 94473 kishi (2005). Markazi — Karmana shahri. (2003 yil dekabrdan). Tabiati. Karmana tumani hududi Zarafshon daryosi vohasining o’rta qismida, viloyatning Janub-sharqida joylashgan. Tuman yer yuzasi, asosan, pasttekislikdan iborat. Zarafshon daryosi vodiysiga yaqin yerlarda qadimgi quruqdaryo o’zanlari va adirlar orasidagi qatlamlar da chuchuk suv zaxiralari bor. Tuman seysmik zonada joylashgap. Yer yuzasi Zarafshon daryosi va g’arbga tomon qiya. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq — issiq, qishi sovuq. Yillik o’rtacha temperatura 15°. Yanvarda o’rtacha temperatura 0,4°, iyulda 28,9°. Yillik yog’in 100-200 millimetr. Vegetatsiya davri 212 kun. Tumandagi sug’oriladigan yerlar, asosan, Zarafshon daryosi va qisman Amu — Buxoro mashina kanalining Navoiy kanali shoxobchasidan sug’oriladi. Kasaba, xonim, Narpay kanallari suvidan ham foydalaniladi. Karmana gidrouzeli qurilgan (1973). Tuproqlari, asosan, madaniylashgan, o’tloqi, sur-qo’ng’ir. sho’rtob, tuproqlar o’zlashtirilgan zonada avtomorf va yarim gidromorf tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o’simliklardan jiyda, tol, oq va qora saksovul, yantoq, yulg’un, shuvoq, isiriq, juzg’un, cherkez, quyonsuyak, segin, Iloq, qamish, sho’ra, etmak, jingil va boshqa o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiya-bo’ri, yumronqoziq, qo’shoyoq, o’rgimchaklar, toshbaqa, tipratikan, kaltakesak, turli xil ilonlar; qushlardan xo’jasavdogar, o’rdak, loyxo’rak, mayna, qarg’a, hakka, musicha, chumchuq va boshqalar bor. Yaylovlarida Qorako’l qo’ylari boqiladi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 100 kishi. Shahar aholisi 28216 kishi, qishloq aholisi 66257 kishi. Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, asosan, qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Chorvachilik (shu jumladan, qorako’lchilik), pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik bilan ham shug’ulaniladi. «Ipak qurti urugi», «Navoiypilla» korxonalari, paxta tozalash zavodi, «Sardobaparranda» fabrikasi, «Agrouniversal» korxonasi bor. «Navoiy — Ural» Uzbekiston — Rossiya, «Grantekstil» Amerika — O’zbekiston — Afgoniston qo’shma korxonalari ishlab turibdi. 1,6 mingdan ziyod o’rta va kichik biznss sub’yektlari faoliyat ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar 22 ming gektar, ekinzorlar 17657 gektar, shu jumlalan, 7770 gektar yerga paxta, 7585 gektar yerga don, 563 gektar yerga sabchavot, 119 gektar yerga poliz ekinlari, 180 gektar yerga kartoshka, 1440 gektar yerga yem-xashak ekinlari ekiladi (2004). Tokzor, tutzor, bog’lar, yaylovlar, o’rmon xo’jaligi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 31283 qoramol (shundan, 15207 sigir), 54346 qo’y va echki, 338065 parranda, 292 yilqi boqiladi. Shirkat, fermer xo’jaliklari, agrofirma, fermer xo’jaliklari uyushmalari faoliyat ko’rsatadi. Asosiy transport vositasi — avtomobil transporti. Navoiy — Uchquduq temir yo’l tuman hududini kesib o’tadi. Karmana temirda Navoiy shahri aeroporti joylashgan. Tumanda 28 umumiy ta’lim maktabi (21953 o’quvchi), internat maktabi, sai’at maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (3410 o’quvchi), 1 Markaziy, 28 jamoat, 1 bolalar kutubxonalari, madaniyat saroyi, 8 klub muassasasi, «Yoshlik» madaniyat va istirohat bog’i bor. Sport majmuasi, stadion, tennis korti va b. sport inshootlari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, 19 ambulatoriya — poli-klinika, 20 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 133 vrach, 603 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Me’moriy yodgorliklardan Mir Said Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx xonaqosi (16-asr), Raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) saqlangan. «Karmana ovozi» tuman gazetasi chiqariladi (adadi 1000). Ixtiyor Allayorov.