KATATONIYA

KATATONIYA (Yunoncha katatonos — tarang), katatonik sindrom — kishi ruhiyatining buzilishi, Katatoniyaning 2 shakli farq qilinadi: muskullar taranglashib, qotib qolish (katatonik karaxtlik, stupor) hamda harakat va nutq qo’zg’aluvchanligi qolati (bunda bemor ashula aytadi, raqsga tushadi, o’zini har xil alfozga soladi, goh shodlanadi, goh vahimaga tushadi va hokazolar). Katatoniya shizofreniya va psixoz sindromi bo’lib, intoksikatsiya, infektsiya yoki bosh miyaning organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Katatoniyada es-hush saqlansada unda gallyutsinatsiya va alahlash holati kuzatiladi.