KOLLENXIMA
KOLLENXIMA (Yunoncha kolla — yelim va enchyma — to’qima) — o’simlikning dastlabki mexanik to’qimalaridan biri. Kollenxima, asosan, ikki pallali o’simliklarning o’sayotgan poyalaridagi dastlabki po’stloqda uchraydi. Kollenxima hujayralari tirik bo’lib, turgor holatiga chidamlidir. Ularning devori, asosan, tsellyulozadan iborat. Kollenxima, ko’pincha, modda to’plovchi yoki o’zlashtiruvchi vazifasini bajaradi.
O‘xshash so‘zlar
- Kollenxima – Yelimshiq to’qima
- Kollenxima – Yetimshiq to’qima
- Kollimator
- KOLLINEAR VEKTORLAR
- Kollizion huquq
- KOLLIZION NORMALAR
- Kolliziya
- KOLLODIY




