Kimyoterapiya

Kimyoterapiya, kimyoviy usul b-n davolash — xavfli o’smalarga qarshi ta’- sir etish xususiyatiga ega dori vositala- ri b-n davolash. Bu usul bundan 50 yil avval olimlar tomonidan kashf etilgan; unda azotipritning ba’zi farmakolo- gik moddalari tez o’suvchi hujayralarga ta’sir etishi va qon i.ch. a’zolarining xavfli o’smasida qo’llash mumkinli- gi bayon etilgan. Keyinchalik shu asosda K.da qo’llaniladigan dorilar ishlab chiqarila boshlandi. K.da qo’llaniladigan dori vosita- lari farmakologik xususiyatiga ko’ra, jadal o’sayotgan hujayralarning ri- vojlanishi va ko’payishini jilovlash va izdan chiqarish, shuningdek, DNK, RNK yoki tegishli oqsillar sintezini to’xtatish, ya’ni tsitostatik ta’sirga ega. 50 dan ortiq bunday tabiiy va sun’iy (sintetik) preparatlar: alkillovchi- lar (embixin, xlorbutin, tsiklofosfan, ifosfamid, prospidin, sarkolizin va h.k.), antimetabolitlar (metotreksat, ftorurasil, ftorafur, kapesitabin- kseloda, gemzar va b.), xavfli o’smaga qarshi qo’llaniladigan antibiotiklar (daktinomisin, rubomisin, doksorubi- Tsin, Adriamisin, bleomisin va b.), do- rivor o’simliklardan ajratib olingan vinblastin, vinkristin, navelbin, taksol, taksoter, Topotekan, irinotekan, Etopozid va b. dorilar hamda gormonlar ishlatiladi. Qon yaratish a’zolari va limfa tu- gunlari xavfli o’smasi (gemoblastoz, limfoma) rak (saraton) kasalligining tarqalgan xillarida K. asosiy davolash usuli hisoblanadi. Saraton kasalligi- ning O’chokli (tarqalmagan) holatlarida keyingi yillarda yangi ta’sirchan Pre- paratlar (taksol, navelbin, gemzar, tsisplatin) ishlab chiqarilishi tufayli K. ni kompleks davolash tarkibiga ki- ritish mumkin, mas, xirurgik usuldan oldin (neoad’yuvant) yoki undan keyin kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik (ad’yuvint) K. qo’llaniladi. Ayrim xavfli o’sma kasalliklarida (bachadon xoriokarsinomasi, bolalarda uchraydigan limfoblasteloykoz, limfo- granulematoz) K. yaxshi naf berishi va bemor sog’ayib ketishi mumkin. Ayrim xavfli o’smalar (buyrak, me’- da osti bezi raki) kimyoviy dorilarga nisbatan kam sezgirligi sababli K.da qo’llaniladigan dorining davoli xusu- siyati tegishli baholash darajadari b-n belgilanadi. Ba’zan K.dan so’ng ayrim noxush aso- ratlar kuzatiladi, lekin keyinchalik bu holat o’z-o’zidan yo’qolib ketishi mumkin.