KO’KRAK TOJLILAR

Ma’nosi

KO’KRAK TOJLILAR – qushlarning bir guruhi. To’sh suyagining pastki qismi kengayib, toj suyagini hosil qiladi (nomi shundan olingan). Suyakning bu qismiga qanot muskullari birikadi. Ko’pchilik turlari yaxshi uchadi. Hozirgi qushlarning deyarli barcha turkumlarini (Avstraliya tuyaqushlari, vandular, emu- lar, kazuarlar, kivilardan tashqari) o’z ichiga oladi. Ba’zi adabiyotlarda Ko’krak tojlilarga qushlar sinfining kenja sinfi sifatida qaraladi.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar