KONDOR
KONDOR (Vultur gruphus) — Amerika tasqaralari kenja turkumiga mansub qush. Tanasining uzunligi 1,2 metr, qanotlari yoyilganida 2,8 metrga yetadi. Narining boshida etdor toj bo’ladi. And tog’larining Kolumbiyadan olovli ergacha bo’lgan hududlarda tarqalgan. Shimoliy Arealida — Alp mintaqasiga, Janubiy arealida — sohil yaqinidagi qoyalarga uya quradi. Har ikki yilda bir marta 1-2 ta tuxum qo’yadi. O’simlikxo’r, ammo yosh Lamalar, qo’zichoqlar va yosh buzoqlarga hujum qilishi mumkin.