KONKISTADORLAR
KONKISTADORLAR (ispancha conquistador — zabt etuvchi) — Amerika kashf etilgach, u yerga yangi yerlar zabt etish maqsadida yo’l olgan ispan Avantyuristlari. Konkistadorlar yurishlari davomida mahalliy aholi qirg’in qilingan, asoratga solingan, talon-toroj etilgan. Konkistadorlarning eng mashhur yo’lboshchilari: P. Alvarado, Nunes de Balboa, P. Val- Diviya, D. Velaskes, G. X. Kesada, E. Kortes, F. Pisarro.
O‘xshash so‘zlar
- KONKLAV
- Konkresiyalar
- Konkret musiqa
- KONKURS
- Konnektikut
- Kononov Andrey Nikolaevich
- Konovalov Dmitriy Petrovich
- Konovalov qonunlari


