Konstitusiyaviy sud

Konstitusiyaviy sud — bir qancha davlatlarda yagona yoki asosiy ishi konstitusiyaviy nazoratii amalga oshirish bo’lgan alohida organ. Birin- chi marta 1920 y. Avstriyada ta’sis ki- lingan. Shundan e’tiboran bu tartibot G’arbiy va Sharqiy Evropada keng Yoyil- Di, shuningdek, Osiyo, Afrika va Ame- Rikaning ayrim mamlakatlarida qabul qilingan. K.s. odatdagi oliy sudlardan farq qilib, umumiy yurisdiktsiya sudla- ri tizimiga kirmaydi. Ba’zi mamlakat- larda (mas, RF) K.s. alohida toifadagi sud hisoblanadi va shunga ko’ra sud tizi- miga kiradi, boshqa mamlakatlarda (GFR, Italiya, Ruminiya, Bolgariya, Mongoliya) — sud hokimiyatiga aloqasi yo’q alohida nazorat organi hisoblanadi. K.s. a’zo- lari parlament tomonidan saylanadi (GFR, Xorvatiya) yoki davlat boshlig’i to- monidan tayinlanadi (Kipr); ba’zida K.s. a’zolarini parlament va hokimiyat hamda adliyaning boshqa organlari tay- inlaydi (mas, Italiya K.s.ni teng mik- dorda prezident, parlament va magi- stratura tayinlaydi). K.s. Konstitusi- yaviy nazoratni amalga oshirish b-n bir qatorda turli mamlakatlarda Konstitu- tsiyaga sharh berish huquqiga ega, siyosiy partiyalarning faoliyati Konstitusiyaga muvofiq kelish-kelmasligi masalasini hal qila-Di, vakolatlar b-n bog’liq ni- zolarni ko’rib chiqadi va h.k. O’zbekiston Respublikasi K.s. sud tizimiga kirib, qonunlar va b. hujjatlarning O’zR kon- stitusiyasiga mosligini aniqlaydi, Konstitusiya himoyachisi hisoblanadi. Uning faoliyati maxsus K.s. to’g’risidagi qonun b-n tartibga solinadi (yana q. O’zbekiston Respublikasining Konsti- tusiyaviy sudi).