KONSTRUKTSIYA

KONSTRUKTSIYA (lotincha constructs -tuzilish, qurilish) — 1) mashina, inshoot yoki uzel va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, o’zellar hamda ularning detallari. Konstruktsiyada kerakli qism va elementlarining shakli hamda o’zaro joylashishi, ularni biriktirish usullari, o’zaro ta’siri va qanday materiallardan yasalishi hisobga olinadi; 2) ilmiy yoki badiiy asarlarning tuzilishi (q. Kompozisiya); 3) bir sintaktik birlikni tashkil qiluvchi so’zlar birikmasi.