KOTKA
KOTKA — Finlyandiyaning Janub qismidagi shahar. Fin qo’ltig’ining shimol qismidagi orollarda, Kyumi-yoki daryosi quyilishida joylashgan. Aholisi 55,2 ming kishi (1999). Fin qo’ltig’idagi port (o’rmon mahsulotlari eksport qilinadi). Mamlakatning o’rmonchilik sanoati markazi. Taxta tilish, tsellyuloza-qog’oz, kimyo sanoati korxonalari bor. O’rmon sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi.
O‘xshash so‘zlar
- Kotlov Boris Vasilevich
- Kotofor, sankap
- Kotonu
- KOTOPAXI
- Kotoraya, paxtaron, ftormeturon, fluometuron
- Kottej
- KOTUY
- KOTYAN, qo’tan


