KOR
KOR (forscha — ish, yaratish) — O’rta asr musulmon Sharq madaniyatida keng tarqalgan vokal-cholg’u musiqa shakllaridan biri. Mumtoz o’zbek adabiyotida (Navoiy, Bobur va boshqalar) ayni Kor, ish, Arab manbalarida amal deb nomlanadi. Kor cholg’u muqaddimasi (mustahall) bilan boshlanib, ikki sarxona, miyonxona va bozgo’y qismlaridan tarkib topgan.