KORA
KORA (Yunoncha kore — qiz) — uzun libosli tik turgan qiz haykali. Kora qadimgi yunon san’atiga xos bo’lib, ilk bor ioniya haykaltaroshligida miloddan avvalgi 6-asrning 2-yarmida paydo bo’lgan. Kora qiyofasida muhrlangan lahza va umumlashma shakl bilan nafis ishlov berilgan marmar sirti (soch turmagi, libosdagi burmalar) uyg’unlashgan. Koraning ayrim bo’laklari (ko’z, kiyim) ko’pincha bo’yalgan.
O‘xshash so‘zlar
- Korandalik
- KORANA (KHORANA) XAP GOBIND
- KORATOYEVA LIDIYA NIKOLAYEVNA
- Korall poliplar, Marjon poliplar
- Kord
- KORDAITDOSHLAR


