Krog (Krogh) Avgust
Krog (Krogh) Avgust (1874.15.11, Greno, Yutlandiya — 1949.13.9, Kopenga- gen) — daniyalik fiziolog. Kopengagen un-ti prof. (1916-45). Turli a’zolar- dagi kapillyarlar devorining anatomik- fiziologik xususiyatlarini va kapillyar qon aylanishining moddalar almashinu- vidagi ahamiyatini aniqlagan. Kapillyar- lar va a’zolar faoliyati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, hujayralar faoliyati va bio- logik membranalar o’tkazuvchanligida ionlarning ahamiyatini tadqiq etgan. Mikrotonometriya, differentsial mano- metriya, odam yuragidan o’tadigan qonning minutlik hajmini aniqlash kabi fizio- logik usullarni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1920).