KROKET

KROKET (inglizcha va Fransuzcha croguet — ilgak) — sport tipidagi o’yin. Bunda sharni yog’och to’qmoqchada urib muayyan tartibda joylashgan sim darvozalar qatoridan o’tkazilib, mo’ljalga — raqib qoziqchasiga yetkazish va uni o’z qoziqchasiga qaytarish kerak. Kroket 17-asrda Frantsiyada kelib chiqqan, 19-asrdan ko’pgina mamlakatlarga tarqalgan. 1900 yildagi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.