KRISHNA

KRISHNA, Kistva — Hindistondagi daryo, Hindiston yarim orolining janubida. Uzunligi 1280 kilometr, havzasining maydoni 330 ming kilometr kvadrat. G’arbiy gat tog’laridan boshlanib, dekan yassitog’ligidan oqib o’tadi va Bengaliya qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. Asosiy irmog’i —Tungabxadra daryosi. O’rtacha suv sarfi 1730 metr kub/sekund, yozda to’lib oqadi. Sug’orishda foydalaniladi. Quyi qismida kema qatvaydi, kanal orqali Godanari daryosi bilan bog’langan. Krishna buyida Vijayanada shahri joylashgan.