KUCH

KUCH (mexanikada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan ko’rsatilayotgan mexaniq ta’sirning miqdori va yo’nalishini ifodalovchi kattalik. Jismga ko’rsatiladigan ta’sir 2 xil hodisani — jismning tezligini o’zgartirishi yoki uning deformatsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini o’lchash orqali ta’sir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik o’lchash usullari mavjud. Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga ta’sir etayotgan kuch G’ jism massasi t bilan uning tezlanishi a ko’paytmasiga teng: G’ = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, masalan, prujiva yoki sterjenning cho’zilishi (siqilishi)da vujudga keluvchi deformasiyalanish kattaligi x ta’sir etayotgan kuchga proportsional: G’ = — kx, bunda K — prujiva yoki sterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga ko’rsatayotgan har qanday ta’siri o’zaro ta’sir harakatiga ega bo’lpb, ularning bir-birlariga ta’sir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yo’nalishi jihatdan qarama-qarshidir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kilogramm bo’lgan jismga 1m/S2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va I. Nyuton sharafiga Nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/S2.