KUMULYATSIYA

KUMULYATSIYA (lotincha cumulatio — ko’payish, to’planish, yig’ilish) — ba’zi dori moddalar uzoq, muddat qabul qilinganda ularning organizmda to’planib, ta’sir etish kuchining ortishi. Zaharlanishga olib kelishi mumkin. Material va funktsional Kumulyatsiya farq qilinadi. Material Kumulyatsiyaga barbituratlar, yurak glikozidlari, funktsional Kumulyatsiyaga etil spirit sabab bo’ladi. Kumulyativ xossali moddalar organizmdan chiqib ulgurishi uchun dori ichirilmay, orada dam beriladi. Shunday dorilar organizmda ushlanib qolmasligi uchun ko’p suyuqlik ichiriladi va ayirish a’zolarining faoliyatini oshirish chora-tadbirlari ko’riladi.