KUMUSH YUGURTIRISH

Ma’nosi

KUMUSH YUGURTIRISH — buyumlar sirtiga yupqa qatlamda kumush qoplash; korroziyaga chidamliligi, elektr o’tkazuvchanligi, yaltiroqligi va antifriktsion xossalarini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida amalga oshiriladi. Metall buyumlarga Kumush yugurtirish galvanik usul bilan, kamdan-kam plakirlab (sof kumush taxta qoplab); metallmas buyumlar kimyoviy usul bilan, kumush bug’ini vakuumda kondensatsiyalab, katodli purkab, kuydirish usuli bilan amalga oshiriladi.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar