Kutubxonashunoslik

Kutubxonashunoslik — bos- ma nashr (kitob, gazeta, jurnal va b.) lardan jamoatchilikning foydalanish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, ti- zimi va shakllarini o’rganadigan fan tarmog’i. K. vazifasi kutubxonachilik ishi nazariyasini rivojlantirish, uni ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanish qonunlarini tahlil qilish, kutubxona- larni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdagi o’rnini o’rganishdan ibo- rat. K.ning asosiy bo’limlari: kutubxo- naning jamiyatdagi o’rni va mavkei, ku- tubxonachilik ishini tashkil etish asos- lari, kutubxona tarmoqlari va ularning turlarini tashkil etish qonuniyatlari va b.ni o’z ichiga olgan u mumiy K., kutubxo- na fondlarini butlash, joylashtirish va saqlash masalalarini o’z ichiga olgan kutubxona fondi; bosma nashrlarni bi- bliografik tavsiflash va tasniflash hamda kataloglar tuzish uslublaridan iborat kutubxona katalogi; kutubxo- nachilik ishini tashkil qilish va me’- yorlash, kutubxona faoliyatini hisobga olish va rejalash, kutubxona binolarini qurish va uni saqlash, mexa-nizasiyalash va avtomatlashtirish va b.dan iborat ku- tubxonachilik ishini tashkil qilish va boshqarish; turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kitoblardan ommaviy foy- dalanishning mazmuni, shakli va uslu- blarini o’rganuvchi kutubxonachilik ishi tarixi; kutubxonada kitobxonlarga xiz- mat ko’rsatish tizimi, shakli, uslublari, ularda kitob o’qish madaniyatini tarbiya- lash, kitobxonlarning qiziqish va tala- blarini o’rganish b-n bog’liq kitobxon- larga xizmat ko’rsatish va b. «K», termini 19-a.ning 1-yarmida paydo bo’ldi; fan sohasi sifatidagi dastlabki ishlar ham shu davrga to’g’ri keladi. Ilk bor nemis kutubxonashunosi M. Shretinger tomonidan mustaqil fan sohasining nomi sifatida qo’llanilgan. K.ning uslubiy asoslari va masalalari- ni ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy sharo- itlar belgilaydi. 19-a. 2-yarmidan AQSh, Rossiya va b. mamlakatlarda tarqala bosh- lagan. K. uzoq vaqt amaliy xususiyatga ega bo’lgan soha sifatida rivojlandi. Uning faoliyat doirasiga kutubxonalar- ning ichki tuzilishlari, kitob fondini tanlash va tashkil qilishning texnik to- monlari, kutubxona binolarini qurish va jihozlash kabi masalalar kiritildi. Shu b-n kutubxonaning ijtimoiy o’rni xaqidagi masalalarni o’rganishga e’ti- bor berila boshlandi. O’zbekistonda K. 20-y.lardan taraqqiy etdi. Kutubxonachilik ishi- ni to’la yo’lga qo’yishda V.V.Bartold, V. L. Vyatkin, V. I. Mejov, E. K. Bet- gerdarning hissasi katta. Toshkent va Samarqandda kutubxonachilik kurslari ochildi (1919), Toshkent kutubxonachi- lik texnikumi (1937), Toshkent ped. in- tida kutubxonachilik f-ti (1960) tashkil etildi, 1974 y.dan kutubxonachilik f-ti bo’lgan Toshkent madaniyat institute ishga tushdi. O’zbekistonda kutubxona- shunoslar mintaqada o’tkaziladigan Fun- damental i. t. ishlarida faol ishtirok etadi. O’zbekiston milliy kutubxonasi «O’zbekistonda kutubxonachilik ishi ta- rixiga doir hujjatlar» to’plamini tu- zishni davom ettirmokda. O’zbekistonda K. fanini rivojlan- tirishga o.Qosimova, E. Yo’ldoshev, B. Karimov, M. Rahimova, M. Rasu- lov, M. Mahmudov va b. o’z hissalarini qo’shmoqda. Ad.: Kutubxonashunoslik va biblio- grafiya atamalarining izoqli lug’ati, T., 1998. Mirali Maxmudov.