Latipov Abdug’ani
Latipov Abdug’ani (1878-1953) — naqqosh, samarqandlik usta. Usta Naim, usta Abduzohid bilan ishlab hunar o’rgangan. Xo’ja Yusuf, Mahmud Xorazmiy masjidlari, Abdu Darun masjidi ayvoni (1908-09, Shift to’sinida «amali usta Abdug’ani» yozuvi saqlangan), Ko’k masjid, Shayboniyxon masjidi, Bog’i baland masjidi (1910) va boshqa jamoat binolarini bezashda qatnashgan. Naqshlarining ulgu, andazalari to’plami muzeylarda saqlanmoqda.
O‘xshash so‘zlar
- Latipov Hikmat
- Latipov Rahmatjon Mamadaliyevich
- Latish tili
- Latishlar
- Latoband dovoni
- Lattaband
- Latviya (Latvija), Latviya Respublikasi
- Latviya universiteti


