Levirat
Levirat (lotincha levir-qayni, erning ukasi), Yesir olish-qadimgi nikoh odatlaridan biri, beva qolgan yanganing qaynisiga erga tegishi. Ko’pchilik xalqlarda urug’chilik tuzumi davrida tarqalgan bo’lib, Kavkaz, O’rta Osiyo xalqlari, yahudiylar va boshqalarda ham saqlanib qolgan. Levirat odati bo’yicha uka uylanmagan bo’lsa ham marhum akaning beva (yesir) qolgan xotiniga uylanishi shart edi. Ayni paytda, uka o’lsa, aka uning bevasiga uylangan.