Livon ordeni
Livon ordeni — Sharqiy Boltiq bo’yidagi latish va eston yerlarida nemis ritsar-salibchilarining katolik davlati va harbiy tashkiloti (1237— 1561). Litva va Rusga qarshi urushlar olib borgan. Ruslar va litvaliklardan bir necha jiddiy mag’lubiyatga uchragan (muz ustidagi jang, 1242, durba yaqinidagi jang, 1260 va boshqalar). Livon urushida rus qo’shinlari tomonidan tor-mor etilgan va tugatilgan.