Lord

Lord (inglizcha Lord-xo’jayin, hukmdor)-1) o’rta asrlarda Angliyada dastlab yer egalari nomi, keyinchalik ingliz oliy dvoryanlarining umumlashma unvoni. Britaniya parlamentida lordlar palatasini tashkil etuvchi qirollik per (Fransiya va Angliya oliy zodagonlari vakillarining nomi)lariga berilgan. XIX asrdan fan va madaniyat arboblari unvoni; 2) Buyuk Britaniyadagi ba’zi mansablarning tarkibiy qismi (masalan, Lord-kantsler-lordlar palatasi raisi, Lord-mer – London hamda boshqa yirik shaharlarda mahalliy hukumat idoralari boshlig’i).