Ludditlar

Ludditlar (inglizcha Luddities)-Buyuk Britaniyada sanoat to’ntarishi davri (XVIII asr oxiri-XIX asr boshi)da mashinalar joriy qilinishiga qarshi chiqqan dastlabki tarqoq harakatlar qatnashchilari. Ludditlar atamasi birinchi bo’lib dastgohini buzib tashlagan ishchi (xalfa)-Ned Ludd nomidan olingan deb taxmin qilinadi. 1769, 1812 yillarda Ludditlarga qarshi o’lim jazosi joriy qilingan. Yorkdagi sud protsessi (1813) va 1813-1815 yillardagi sanoat taraqqiyoti natijasida Ludditlar harakati bir oz pasaygan; 30-yillarga kelib, hukumatnign qatag’on siyosati kuchayishi va iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi bilan, Ludditlar harakati barham topgan.