Mahkamlash detallari
Mahkamlash detallari — ma- shina va qurilmalarning qismlarini qo’zg’almas qilib biriktiradigan de- tallar. Mashinasozlikning barcha tarmoqlarida keng qo’llaniladi. M.D. si-fatida, odatda, rezbali birikma- lar: boltlar, vintlar, shpilkalar, gay- kalar, shuruplar, shaybalar, shplint- lar, shtiftlar ishlatiladi. Shakli va o’chlamlari standartga mos keladigan rezba rezbali M. D.ning asosiy detal- lari hisoblanadi. Biriktiriladigan detallarga rezba qirqilib, Bolt, gay- ka, shaybalar yordamida boltli birikma hosil qilinadi. Detallarda ochiq teshik hosil qilish talab qilinmagan hollarda vintlar va shpilkalardan foydalanila- Di. Biriktiriladigan detallarni ezmas- lik, qirmaslik uchun Bolt va gayka ostiga shaybalar qo’-yiladi. Stopor shaybalari va shplintlar titrashlar va zarbalarda gaykaning o’z-o’zidan buralib ketishdan saqlaydi. Har qaysi mamlakat chegarala- rida M.D.ning o’lchamlari va shakllari unifikasiya qilinadi (birxshtlashtiri- ladi, ya’ni standartlashtiriladi).