Mahmud Yalavoch

Mahmud Yalavoch, Mahmud Xoraz- miy (?— 1254, Pekin) — Chingizxon xiz- matida bo’lgan xorazmlik savdogar. Chin- gizxon tomonidan Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi bo’lib kelganligi uchun Yalavoch (elchi) laqabi b-n mashhur. M. Ya. qoraxitoylar xizmatida ham bo’lgan (1211). Chingizxon savdo-sotiqqa kat- ta e’tibor berib, karvon yo’llarining bexatarligini ta’minlash b-n birga musulmon savdogarlariga hurmati ba- Land bo’lgan. Shu tufayli Mo’g’ulistonga kelib savdo qilganlar orasida Buxo- ro, Samarqand, O’tror, Xo’jand kabi shaharlardan kelganlar ko’pchilikni tash- kil qilgan. Ular orasida Mahmud ham bo’lgan. 1218 y. bahorida Chingizxon uni Buxo- rolik Alixo’ja (Ali xochje), o’trorlik Yusuf Jahongir (Yusufu-Jyanke) hamroxligida Muhammad Xorazmshoh saroyiga elchi (Yalavoch) qilib yuborgan. Safar oldidan Chingizxon ularga katta miqdorda sovg’asalomlar va o’z maktu- bini topshiradi. Maktubda Chingizxon Xorazmshohni «o’g’limdek yaxshi ko’raman» deb ta’kidlab uni itoatga chaqirgan. M. Ya. boshchiligidagi elchilar Buxoroda Muhammad Xorazmshoh b-n uchrashib, unga Chingizxonning sovg’alar va maktubini topshirganlar. Xorazmshoh MAK-tubni o’qigach, bironta so’z aytmay, kelgan elchi- larni kuzatib qo’yishni buyurgan. Mo’g’ullar istilosidan so’ng M. Ya. Xo’jandga ko’chib kelib, bir necha vaqt Chingizxon nomidan Movarounnaxrni idora qilgan, viloyatlarni boshqarishda bosqoqpshk mansabini joriy etgan. Shunga kura, u yig’ilgan soliqlarni Chig’atoyxoyaga emas, balki to’g’ridan to’g’ri Chingizxon saroyiga yuborib turgan. Bu hol Chig’atoyga yoqmas edi, chunki otasi unga suyurg’ol qilib bergan hududga M. Ya. hokimlik qilgan joylar ham kirar edi. Bundan tashqari, Chig’atoy budda Di- niga e’tiqod qilgani tufayli M.Ya.ning Islom diniga qattiq amal qilib, buzil gan shahar va uy-joylarni, iqtisodiy va madaniy hayotni tiklashiga, maktab va madrasalar qurilishiga katta e’tibor berishiga qarshi bo’lgan. Shu tufayli Chig’atoy M.Ya.dan qutulish yo’lini axtarib, fursat poy- lagan. 1227 y. M.Ya.ni qo’llab-quvvatlab turgan Chingizxon vafot etgan. 1238 y. Buxoroda Mahmud Torobiy qo’zg’oloni bo’lgan. Chig’atoy qo’zg’olonda M.Ya.ni ayb- dor deb topib, uni javobgarlikka tor- tish uchun Xitoyga jo’natgan. Xitoy manbalarida M.Ya.ni Torobiy qo’zg’olonining sababchisi sifatida ja- vobgarlikka tortilgani yoki tortilma- gani haqida ma’lumot yo’q. Yuan sulola- si tarixida ko’rsatilishicha, O’qtoyxon hukmronligining so’nggi yili, ya’ni 1241 y. 10-oyida M. Ya.ga Xitoy aholisining ma’muriy ishlarini boshqarish vazi- fasi yuklatilgan. Guyukxon (1246-48) va Munke (1251 — 59) davrida ham M. Ya. yuqori lavozimni saqlab qolgan. Xu- Susan, 1251 y. u Pekin sh.ga hokim etib tayinlangan. Xitoy manbalarida M. Ya. G’arbiy o’lkalar (O’rta Osiyo va Sharqiy Turki-ston)ni boshqaruvchi bosh nozir sifatida eslatib o’tilgan. M, YA. Pekinga qisqa muddat hokimlik qilgan bo’lsada, shahar qurilishi va obodonchiligi yo’lida katta ishlarni amalga oshirgan va unga ko’plab turkistonliklarni jalb qilgan. M. Ya. ning kichik o’g’li Alibek (? — 1281) Sharqiy Turkistonning Ili viloyati hokimi etib tayinlangan. Xu- bilay mo’g’ullar ulug’qooni etib tay- inlanganda (1260) u Markaziy O’rdaga chaqirtirilib, davlat ishlariga jalb etilgan. 1267 y. — maslahatchi, 1272 y. o’ng qo’l vazir etib tayinlangan. Shunda unga Xenan o’lkasining ma’muriy ishlar boshlig’i vazifasi topshirilgan. 1276 y. u Jyangxuey o’lkalari hokimi etib tay- inlangan. Biroq 1281 y. boshida Alibek tuhmat balosiga uchrab, xoqon amriga XI- yonat qilganlikda ay-blanib qatl etil- gan. Ad.: Sagdullaev A. va b., O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000. Abdulahad Xo’jaev,