Majburiyat huquqi

Majburiyat huquqi — majburi- yatlarga oid munosabatlarni tartibga so- lib turuvchi fuqarolik huquqiy norma- lar majmui. M. h. O’zbekiston Respubli- kasi FK 3-bo’limini tashkil qiladi va u 2 qismdan — majburiyatlar to’g’risidagi umumiy qoidalar hamda majburiyat tur- lari ko’rsatilgan maxsus qismdan iborat. Umumiy qoidalarda majburiyat tushun- chasi va uning qo’llanilishi b-n bog’liq munosabatlar doirasi, majburiyatning vujudga kelish asoslari hamda majbu- riyatning taraflari tavsiflab berilgan, majburiyatni bajarish, bajarilishini ta’minlash usullari, majburiyatdagi shaxslarning o’zgarishi, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik, majburi- yatning bekor bo’lishi asoslari ko’rsatib o’tilgan. Maxsus qism normalari alo- hida majburiyatlarni tartibga soladi. Majburiyatlar majburiyat shartla- riga va qonun xujjatlari talablari- ga muvofiq, bunday shartlar va tala- blar bo’lmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki, odatda, qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim da- rajada bajarilishi kerak. Majburi- yatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tu- tilgan boshqa usullar b-n ta’minlanishi mumkin. Majburiyatlar qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga ko’ra, to’liq yoki qisman bekor bo’ladi.